Dushanbe shahrida «СOOMET mavzulari: yangi yondashuv» mavzusida СOOMET davra suhbati bo‘lib o‘tdi  

11 iyun kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET tadbirlari doirasida «СOOMET mavzulari: yangi yondashuv» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tib, u milliy kotibiyatlar vakillari, Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mita, Sifat forumi, texnik qo‘mitalar, maqsadli guruhlar rahbarlari hamda taklif etilgan ekspertlarni birlashtirdi. Ishtirokchilarning asosiy eʼtibori СOOMET loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek, ularni CIPM MRA […]

COOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining 30-yig‘ilishi

10–11 iyun kunlari Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining (EBQ) aʼzo davlatlar milliy metrologiya institutlarining texnik qo‘mitalari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirokida 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, CMC-satrlarni ko‘rib chiqish, asosiy solishtirishlarni o‘tkazish hamda СOOMET texnik qo‘mitalari faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin oldi. O‘zbekiston […]

O‘zbekiston va Xitoy metrologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida Xitoy Elektr energiyasi tadqiqot instituti, Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Tunkia Co., Ltd vakillari hamda Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda milliy texnik standartlar, muvofiqlikni baholash va sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning […]

10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.   Mazkur nufuzli tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Xitoy hamda O‘zbekiston metrologiya muassasalari, Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM), Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (СOOMET) va Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya davomida metrologiya sohasining […]

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti NMR texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari 2026-yilning may–iyun oylarida Xitoyning SpinQ Technology (Shenzhen) va Q.One Instruments Ltd. (Uhan), shuningdek Germaniyaning Magritek kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida yadroviy magnit rezonans (NMR) spektrometrlarining texnik imkoniyatlari, qo‘llanilish sohalari hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. NMR texnologiyasi bugungi kunda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida bojxona laboratoriyalari, sud-ekspertiza muassasalari […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Rossiyada malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Lab 421 tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar bilan shug‘ullanuvchi laboratoriyada malaka oshirmoqdalar. Malaka oshirish dasturi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan spirometr, spirograf va spiroanalizatorlarning metrologiya tekshiruvini joriy etishga qaratilgan. Dastur doirasida o‘lchashlar ISO 26782 va ISO 23747 xalqaro standartlari talablari asosida amalga oshirilishi, ushbu standartlarga muvofiq qiyoslash usulubiyotlarini ishlab […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ilk bor EURAMET Bosh assambleyasida (Yevropa milliy metrologiya institutlari assotsiatsiyasi) ishtirok etmoqda.

Xabaringiz bor, 2025-yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi faolligi va mintaqaviy yetakchi o‘rni alohida e’tirof etilib, institutning EURAMET faoliyatida Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtiroki to‘liq ma’qullangan edi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Yevropa […]

Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi hamda Germaniya Federal Fizika-Texnika instituti (PTB) vakillari hamkorligida respublika metrologiya xizmatlari mutaxassislari hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishda metrologiyaning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida mamlakatimizda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologik laboratoriyalarni akkreditatsiyalash […]

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi xalqaro (Joint ICTP-IAEA Workshop on Advanced Dosimetry in Diagnostic and Interventional Radiology) seminarda ishtirok etdi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Azamat Taubaldiyev Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) hamda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (IAEA) tomonidan tashkil etilgan Joint ICTP-IAEA Workshop on Advanced Dosimetry in Diagnostic and Interventional Radiology xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbir diagnostik radiologiyada dozimetriyaning zamonaviy yondashuvlari, o‘lchashlarning metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash, dozimetrlarni kalibrlash hamda ionlashtiruvchi nurlanish sohasida xalqaro standartlarni […]

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz: Ishonch telefoni: +99871202-00-11 (1231) Telegram-bot: @UzNIM_korrupsiya_bot E-mail: metrolog@nim.uz Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.