Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Ekofaol xodim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarori 2-ilovasidagi 2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga binoan O’zMMI DM da ekofaol hodimi to’g’risida ma’lumot

F.I.Sh: Kudrataxunov Abdumalik Abduyevich O’zMMI DM ning Ekofaol hodimi
Ish joyi, lavozimi: Mehnat muhofazasi bo’yicha yetakchi muhandis
Tel: +99893-327-13-31

 

 

Texnogen xavflardan muhofaza — barqaror ekologiya yo‘lida amaliy qadamlar

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda uning filiallarida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektorlari ishtirokida ekologiyani texnogen ofatlardan himoya qilish, shuningdek, “Yongʻinga qarshi ogohlik” umumxalq targʻibot tadbirlari doirasidagi vazifalar yuzasidan  o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga oid amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi, o‘quv mashg‘ulotlari esa ular uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Yashil hudud — toza muhitga mas’uliyatli yondashuv

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hududining ekologik xaritasi ishlab chiqildi. Institutning umumiy  maydoni 18 931 m². Maydonning 275 m² sug‘oriladigan hudud sifatida ajratilib, yil davomida muntazam parvarishlab borilmoqda. Har oyning to‘rtinchi haftasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi: hudud g‘azon va turli chiqindilardan tozalanadi, yo‘lak bardyurlari hamda yo‘l harakati belgilari yangilanadi.

Shu bilan birga, har oyning 4-haftasining 3-kuni xodimlar uchun avtomobilsiz kun o‘tkazilib, ekologik ong va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institut hududida turli manzarali va mevali daraxtlar, butalar va gullardan iborat 360 dan ortiq ko‘kalamzor mavjud. Yil davomida qo‘shimcha ko‘chatlar ekilishi hisobiga yashil hudud yanada kengaymoqda. Mavsumiy gullar va yangi mevali daraxtlar hududga yanada fayz bag‘ishlamoqda.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qurib borayotgan daraxtlarning shoxlari o‘z vaqtida butab borildi, butun ko‘kalamzor qismi doimiy nazorat ostida saqlanmoqda.

Shuningdek, chiqindilarni saralash tizimi muntazam yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xodimlar uchun hududda ikki dona veloturargoh tashkil etildi. Bu esa ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Energiya samaradorligi va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Institutda energiya tejamkorligi, ekologik barqarorlik va infratuzilma samaradorligini oshirish maqsadida bir qator muhim texnik tadbirlar amalga oshirildi.

Quyosh panellari bo‘yicha texnik xizmat

28-avgust kuni quyosh panellarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktika va tozalash ishlari olib borildi. Institut hududida o‘rnatilgan 115 kVt quvvatga ega quyosh panellari bir oyda o‘rtacha 12 000 kVt, yil davomida esa 150 000 kVt atrofida muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Gaz taqsimlash va isitish tizimi modernizatsiyasi

Sentabr–oktabr oylarida gaz taqsimlash uskunalarida profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Hududdagi avvalgi isitish qozonlari soatiga 95 m³ gaz sarflab, bir oyda 68 400 m³ iste’mol qilgan va atmosferaga ≈185,25 kg CO₂/soat chiqarilgan.

Ularning o‘rniga energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan Ferolli Prexherm RSW 600 isitish qozoni o‘rnatildi. U soatiga atigi 68 m³ gaz sarflaydi. Natijada:

bir oyda ≈19 440 m³ gaz tejab qolindi;

CO₂ chiqindisi ≈50,61 kg/soat ga kamaytirildi.

Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash

2025-yil 2-noyabr kuni 335 kVAr quvvatga ega reaktiv quvvat kompensatori ishga tushirildi. Ushbu qurilma yiliga ≈60 000 kVt elektr energiyasini tejash imkonini bermoqda.

Ekologik transport vositalari

Atrof-muhitga zarar keltirmaslik maqsadida:

2 ta yengil xizmat elektromobili,

1 ta yuk tashuvchi elektromobil xarid qilindi;

9 ta avtotransport vositasi tabiiy gazga o‘tkazildi.

Bu choralar ekologik izni kamaytirish va yoqilg‘i sarfini optimallashtirishga xizmat qilmoqda.

Yil davomida ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik faoliyatiga izchil tatbiq etib, yuqori natijalarga erishgan xodimlarga “Ekofaol xodim” maqomi beriladi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti rahbariyati tomonidan tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.