Aniq vaqt

10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur nufuzli tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Xitoy hamda O‘zbekiston metrologiya muassasalari, Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM), Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (СOOMET) va Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida metrologiya sohasining bir asrlik taraqqiyot yo‘li, uning mamlakat iqtisodiyoti, sanoati, fan va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni, shuningdek zamonaviy sifat infratuzilmasini shakllantirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ham o‘z ma’ruzalari bilan chiqib, ushbu xalqaro tadbirda faol ishtirok etdi. Ma’ruzalarda O‘zbekistonda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, raqamli metrologiya, sanoat metrologiyasini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan qonunlashtiruvchi metrologiya, yashil iqtisodiyot sohasida va o‘lchashlar jarayoniga sunʼiy intellekt vositalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni alohida e’tirof etishdi.

Maʼlumot uchun: 2025 yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston metrik Konvensiyani imzolagan va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining (BIPM) to‘la huquqli aʼzosi hisoblanadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil