O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Lab 421 tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar bilan shug‘ullanuvchi laboratoriyada malaka oshirmoqdalar.
Malaka oshirish dasturi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan spirometr, spirograf va spiroanalizatorlarning metrologiya tekshiruvini joriy etishga qaratilgan. Dastur doirasida o‘lchashlar ISO 26782 va ISO 23747 xalqaro standartlari talablari asosida amalga oshirilishi, ushbu standartlarga muvofiq qiyoslash usulubiyotlarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Ushbu malaka oshirish O‘zMMIning tibbiyot metrologiyasi yo‘nalishidagi ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, o‘lchash imkoniyatlarini kengaytirish hamda respublikada tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini xalqaro talablarga mos ravishda ta’minlashga xizmat qiladi.