11 iyun kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET tadbirlari doirasida «СOOMET mavzulari: yangi yondashuv» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tib, u milliy kotibiyatlar vakillari, Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mita, Sifat forumi, texnik qo‘mitalar, maqsadli guruhlar rahbarlari hamda taklif etilgan ekspertlarni birlashtirdi.
![]() |
![]() |
![]() |
|
Ishtirokchilarning asosiy eʼtibori СOOMET loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek, ularni CIPM MRA xalqaro kelishuvi talablariga muvofiqligi masalalariga qaratildi.
Tadbir davomida СOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasi raisi Nikita Zvyagin loyiha formulyarlarini rasmiylashtirishning amaldagi tartibi va ularning xalqaro talablarga muvofiqligi haqidagi maʼruzasini taqdim etdi. СOOMET Kotibiyati rahbari Marat Yunusovning yangilangan loyiha formulyarlari hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga bag‘ishlangan taqdimoti ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.


