BIPM–COOMET UTC yozgi maktabi ilk bor O‘zbekistonda tashkil etiladi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) xalqaro metrologiya hamjamiyati uchun muhim ilmiy-amaliy tadbir — BIPM–COOMET UTC Summer School yozgi maktabiga mezbonlik qilishini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Mazkur yozgi maktab O‘zMMI, Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM), COOMET TQ 4 “Axborot va ta’lim” hamkorligida tashkil etilmoqda. Yozgi maktabning aynan Toshkent shahrida, O‘zMMI bazasida tashkil etilishi O‘zbekistonning vaqt […]
AMALIY YECHIMLAR MARKAZI

«O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasining Chirchiq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish va sinov laboratoriyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda filial tomonidan Toshkent viloyatining Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan 12 ta yirik, 574 ta o‘rta […]
O‘zbekiston vakili SMIIC Metrologiya kengashi ishchi guruhi koordinatori bo‘ldi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) tomonidan 2026–2028 yillar uchun ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti nomzodi ma’qullandi. Qarorga ko‘ra, institutning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Vohobjon Nishonov SMIIC MC tarkibidagi TFG2 — “Research, Development, […]
O‘zbekistonda ilk bor “Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni” laboratoriyasi ishga tushirildi

20 may — Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekistonda ilk bor “Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni” laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyaning tantanali ochilish marosimida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev ishtirok etdi. Mamlakatimizda metrologiya […]
2026-yil 20-may kuni Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (O‘zMMI) ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, mahalliy hamkor tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, PhD Akmal Jumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u metrologiyaning zamonaviy iqtisodiyot, sanoat va xalqaro savdo tizimidagi muhim o‘rni, shuningdek, o‘lchovlarning aniqligi va […]
“Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-apreldagi “Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va korxonalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari e’lon qilindi. ▶️TAULBALDIYEV Azamat Askarovich – “Eng yaxshi yosh metrolog” nominatsiyasi g‘olibi. A.Taulbaldiyev “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi bosh mutaxassisi ▶️MASHARIPOV Shodlik Masharipovich – […]
ANIQLIK VA TARAQQIYOT YO‘LIDA: XALQARO GEOLOGIK LOYIHALARNING YANGI DAVRI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekgeofizika” AJ ta’sischiligida xorijiy davlatlarda geologiya-qidiruv va geologik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ tashkil etildi. Ushbu qaror mamlakatimiz geologiya sohasida yangi bosqichni boshlab berib, foydali qazilmalarni qidirish va ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro maydonda faol ishtirok […]
O‘ZBEKISTONDA MERTECH RIVOJLANISHI: SERTIFIKATSIYADAN SAVDOLAR O‘SISHIGACHA

MERTECH kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi bozoriga O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti bilan yaqin hamkorlik tufayli kirib keldi. Institut mutaxassislari ko‘magida MERTECH M-ER savdo va analitik tarozilari metrologik attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritildi. Hozirgi kunda M-ER tarozilaridan O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari foydalanmoqda, Toshkent shahrida esa MERTECH servis markazi faoliyat yuritmoqda. MERTECH kompaniyasi haqida […]
O‘ZBEKISTON MILLIY METROLOGIYA INSTITUTI HURMATLI XODIMLARI!

Metrologiya kabi muhim va mas’uliyatli sohaga o‘z hayotini bag‘ishlagan mutaxassislar hamda yangi avlod professionallariga samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. Sizning faoliyatingiz barcha ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik, ishonchlilik va haqqoniylikning mustahkam poydevori hisoblanadi, ayniqsa strategik jihatdan muhim bo‘lgan neft-gaz sohasida. Aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli o‘lchovlarning to‘g‘riligi, hisob-kitoblarning shaffofligi va texnologik operatsiyalarning xavfsizligi ta’minlanmoqda. […]
ANIQLIK VА ISHONCH – TARAQQIYOT MEZONI

Metrologiya insoniyat taraqqiyotining eng muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardanoq odamzod atrof-muhitni anglash, savdo-sotiqni rivojlantirish va ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun aniq oʼlchashlarga ehtiyoj sezgan. Bugungi kunda esa metrologiya nafaqat ilmiy sohaning ajralmas qismi, balki zamonaviy iqtisodiyot va sanoat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik yoʼnalishga aylandi. Аyniqsa, kimyo sanoatida metrologiyaning oʼrni beqiyos. Bu tarmoqda har bir texnologik […]