Yoshlar — yangi hayot va yangi kelajak bunyodkorlari!

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlikning bebaho davri, orzu-maqsad sari intilish, izlanish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida samimiy fikrlar almashildi. Zero, hayotning eng qimmatli saboqlari nafaqat kitoblardan, balki katta hayot yo‘lini bosib o‘tgan, o‘z mehnati va iste’dodi bilan el […]
COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi 30-yig‘ilishida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Yevroosiyo hamkorligi doirasidagi metrologiya muassasalari — COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.6)ning 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda COOMETga a’zo davlatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etib, texnik qo‘mita faoliyatining joriy holati, amalga oshirilayotgan xalqaro solishtirishlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) […]
Akustika yo‘nalishida DCC loyihasi doirasida raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash masalasi muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (O‘zMMI) xodimlari tomonidan akustika yo‘nalishida DCC — raqamli kalibrlash sertifikatini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan loyiha doirasida O’zbekiston standartlar instituti akustika sinov laboratoriyasi xodimlari bilan raqamli kalibrlash sertifikatlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu ishchi uchrashuv davomida sinov laboratoriyasi xodimlariga raqamli kalibrlash sertifikatlari, ularning strukturasi hamda foydalanishi bo‘yicha tushunchalar berildi. […]
YONG‘IN VA FAVQULODDA VAZIYATLARDA XODIMLARNI EVAKUATSIYA QILISH BO‘YICHA AMALIY TRENING O‘TKAZILDI

2026-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining bosh ma’muriy binosida yong‘in va favqulodda vaziyatlarda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi. ✅ Treningning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning tezkor, to‘g‘ri va tartibli harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, evakuatsiya yo‘llaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xodimlarni xavfsiz yig‘ilish joyiga olib chiqish tartibini amalda […]
Yoshlar uchun intellektual mulk bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligida seminar-trening tashkil etildi. 24-sentabr — “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda ixtiro va foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish, patent-axborot […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti provayderi qiyoslash laboratoriyalarini malakani tekshirish sxemalarida ishtirok etishga taklif etadi!

Laboratoriyangiz faoliyatini xolisona baholash, o‘lchash natijalarining ishonchliligini tasdiqlash hamda malakangizni xalqaro talablarga muvofiq oshirishni istaysizmi? U holda laboratoriyalararo solishtirishlar orqali tashkil etiladigan malakani tekshirish dasturlarida ishtirok eting! Malakani tekshirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi: PT-8-2021 (V) — «Shtangensirkul» PT-9-2021 (V) — «Silliq mikrometrlar» 🔹 Ishtirok etish orqali laboratoriyaning o‘lchash natijalarini baholash; 🔹 Mutaxassislarning kasbiy malakasini […]
O‘zMMI va OKMK: Metrologiya sohasida istiqbolli hamkorlik va yangi bosqich

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) vakillari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (OKMK) “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” loyihasi doirasidagi MBF-3 va MBF-4 mis boyitish fabrikalari qurilishi bo‘yicha Loyiha ofisi direktori Farruh Tashmetov, shuningdek, OKMK hamda “ENTER ENGINEERING PTE. LTD.” mutaxassislari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdilar. ✅ Uchrashuvda MBF-3 va MBF-4 obyektlarini davlat qabul komissiyasiga topshirish jarayonida foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining […]
BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL

2026-yil 28–30-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mezbonligida “BIPM–COOMET UTC Summer School” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir Bureau International des Poids et Mesures (BIPM), COOMET TC 4 “Information and Training”, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilmoqda hamda IEEE UFFC tomonidan homiylik qilinmoqda. BIPM–COOMET UTC Summer School’ning O‘zbekistonda […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarida LABTUR tashkil etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining salohiyati, zamonaviy moddiy-texnik bazasi va mavjud imkoniyatlarini tadbirkorlik subyektlariga keng targ‘ib qilish, shuningdek, ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida LabTour tashkil etildi. Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlari vakillariga institut laboratoriyalarining faoliyati, zamonaviy o‘lchash vositalari va laboratoriya uskunalari, mavjud sinov va o‘lchash imkoniyatlari hamda ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. […]
Andijon viloyatida xorijiy investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM direktor o‘rinbosari M. Azimov hamda Institutning Andijon filiali rahbari N.Patidinov Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan xitoylik investorlar ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdilar. Tashrif doirasida elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SANCHUAN TECHNOLOGY” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Muloqot davomida korxona faoliyatida mavjud muammolar, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada […]