Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Fuqarolarning murojaatlari

Hurmatli foydalanuvchi!

Sizdan diqqat bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O‘zTTSA) “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMning murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zTTSA “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda: shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” orqali, elektron pochta (metrolog@nim.uz) orqali, institutning rasmiy veb-sayti (www.nim.uz) orqali, O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlatxizmatlari portali (Hukumat portali) orqali yuborilishi mumkin. Kelib tushgan murojaatlar O‘zMMI tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risidagi Nizomga asosan ko‘rib chiqiladi.

Jismoniy shaxslarning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko‘rsatilishi lozim.

Yuridik shaxslarning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomlanishi, joylashuv ma’lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko‘rsatilishi lozim.

Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo‘lganda uning imzosi yuridik shaxs bo‘lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo‘shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.

Elektron murojaat, raqamli elektron imzo va boshqa mavjud bo‘lgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, identifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi kerak. Elektron murojaat belgilangan qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.

Ko‘rib chiqilmaydigan murojaatlar:

  • yashirin murojaatlar;
  • vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar;
  • qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.

Istitutning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi:

  1. O‘zTTSA “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM rasmiy veb-sayti fuqarolarni murojaat etish imkoniyatini ta’minlovchi qo‘shimcha vosita hisoblanadi. Murojaatga javob berish ma’lum vaqtdan keyin rasmiy veb-saytning “Savol va javoblar” sarlavhasida e’lon qilinadi.
  2. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 kundan oshmaydi. Agar fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilsa, u holda 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
  3. Institutning vakolat doirasiga kirmaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi va boshqa tashkilot va korxonalarga yuborilmaydi. Noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
  4.  Matnning o‘lchami 1000 belgidan oshmasligi lozim.
  5.  To‘liq bo‘lmagan yoki jo‘natuvchi haqida ma’lumotlar aniq bo‘lmagan taqdirda elektron shakldagi murojaatlar (so‘rovlar) ko‘rib chiqilmaydi.

Agar Siz, bizning javobimizdan qoniqish hosil qilmasangiz, O‘zTTSAning quyidagi manziliga yozma murojaat qilishingiz mumkin: 100049, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 333 A uy. Elektron manzil: uzst@standart.uz va shu bilan birga Institutga quyidagi manzil orqali yozma murojaat qilishingiz mumkin: 100049, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 333 A uy. Elektron manzil: metrolog@nim.uz yoki info@nim.uz



    Kalibrlash laboratoriyasi, malakani tekshirish provayderi va standart namunalarni ishlab chiqaruvchisi faoliyatiga oid shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan havola orqali tanishish mumkin.