Aniq vaqt

COOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining 30-yig‘ilishi

10–11 iyun kunlari Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining (EBQ) aʼzo davlatlar milliy metrologiya institutlarining texnik qo‘mitalari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirokida 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, CMC-satrlarni ko‘rib chiqish, asosiy solishtirishlarni o‘tkazish hamda СOOMET texnik qo‘mitalari faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi yig‘ilish ishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari СOOMETning TQ 2 “Qonunlashtiruvchi metrologiya” hamda TQ 4 “Axborot va taʼlim” texnik qo‘mitalari faoliyati haqidagi axborot bilan so‘zga chiqdi, shuningdek, mintaqaviy metrologiya infratuzilmasini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlashga oid dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Ishtirokchilar tomonidan xalqaro solishtirishlar monitoringi, yangi CMC-qatorlarni taqdim etish va ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlarini saqlab qolish va ularning xalqaro darajada tan olinishini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha СOOMETga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari belgilandi, qo‘shma loyihalar samaradorligini oshirish hamda o‘lchashlarni yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimini xalqaro talablarga muvofiq rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining СOOMET EBQ faoliyatidagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, milliy metrologiya tizimining kompetentliligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash imkoniyatlarini jahon miqyosida tan olinishini kengaytirishga xizmat qiladi.