Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Sertifikatlashtirish

 

Davlat reestri raqami Guvohnoma Akkreditasiya doirasi
O’ZAK.MS.0049

Sertifikatlashtirish organi quyidagilarga ega:

  • O‘zbekiston milliy sertifikatlashtirish sohasi sinash usullari va sertifikatlashtirish qoidalari, sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning normativ hujjatlari fondi (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi me’yoriy hujjat fondidan foydalaniladi, shartnoma asosida me’yoriy hujjat elektron versiyasi mavjud bo‘lib, o‘zgartirishlar kiritilganda avtomatik tarzda yangilanadi);
  • sohaviy malakaga ega bo’lgan mutaxassislar;
  • xodimlarni joylashtirish va zarur hujjatlarni saqlash uchun tegishli xonalar;
  • sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni ta’minlash uchun zarur kompyuter texnikasi va boshqa jihozlar;
  • akkreditlangan sinov laboratoriyalari, o‘zaro hamkorlik haqida shartnomalar tuzilgan begona akkreditlangan sinov laboratoriyalari;

Milliy sertifikatlashtirish organi va O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya tizimida akkreditlangan boshqa sertifikatlashtirish organlari bilan axborot almashish uchun zamonaviy aloqa turlari (faks, elektron pochta).

Moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot
Sertifikatlashtirish organi faoliyatini moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisoblanadi. Sertifikatlash ishlarining murakkabligi va narxi tasdiqlangan hisob-kitobga muvofiq belgilanadi.
Sertifikatlashtirish organi moliyaviy jihatdan barqaror va Sertifikatlashtirish organining o’z faoliyati davomida yuzaga keladigan majburiyatlarini qoplash uchun sug’urtaga ega.

Asosiy xarajatlari:
xodimlarning ish haqi;
xodimlarni tashqi treninglar, konferentsiyalar va o’quv seminarlarida o’qitish xarajatlari;

akkreditatsiyadan keyingi shartnomasiga asosan ajratmalar.

Barcha ariza beruvchilar sertifikatlashtirish idorasining xizmatlari hamda sinov va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalari haqidagi axborotni to‘siqsiz olishlari mumkin.

O’lchash va sinov vositalarini sertifikatlash bo’limining Vaqtinchalik narxlar ro’yxati

O‘zMMI DM sertifikatlashtirish bo‘limi sertifikatlashtirish natijalari uchun mas’ul bo‘lib, ariza beruvchining tijorat siri bo‘lgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi.

Sertifikatlashtirish idorasi faoliyatining huquqiy asosi uning o‘rnatilgan tartibdagi akkreditatsiyasi hisoblanadi.

Sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish ishlarini bajarishda ob’ektivlik, xolislik va mas’uliyatni kafolatlaydi.

Akkreditatsiya sohasi doirasida sertifikatlashtirish bo‘limi O‘zR VM 30.01.2020 y. 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan barcha turdagi o‘lchash vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.

O‘LCHASH VA SINOV VOSITALARINI SERTIFIKATLASHTIRISH QOIDALARI

 

Ariza beruvchi va mijozning huquq va majburiyatlari

Huquqlar:

tegishli texnik reglamentlarda mahsulotlarning ayrim turlari uchun nazarda tutilgan muvofiqlikni baholash shakli va sxemasini tanlash;

Akkreditatsiya doirasi talabnoma beruvchi sertifikatlashni rejalashtirgan mahsulotlarni qamrab oladigan har qanday muvofiqlikni baholash organiga majburiy sertifikatlash uchun ariza berish; mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun texnik hujjatlardan foydalanish;

muvofiqlik sertifikatini bergan muvofiqlikni baholash organidan sertifikatlashtirish natijalari va shartlarini tasdiqlovchi hujjatlar va materiallarni olish, ularni taqdim etish muddati sertifikatlashtirish shartnomasida belgilanadi.

Mas’uliyat:

mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlash;

muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ishlar tugagandan so‘ng muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni muomalaga chiqarish;

muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni ilova hujjatlarida ko’rsatish;

davlat nazorati organlariga, shuningdek manfaatdor shaxslarga mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, muvofiqlik deklaratsiyasi yoki ularning nusxalari) yoki muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasining ro‘yxatga olish raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;

muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati to‘xtatilgan yoki tugatilgan taqdirda mahsulot sotishni to‘xtatib turish yoki tugatish;

sertifikatlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnik hujjatlari yoki texnologik jarayonlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida muvofiqlikni baholash organini xabardor qilish.

DAVO VA SHIKOYATLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI

O’lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish organi ish faoliyati yuzasidan taklif va etirozlar