Maishiy gaz hisoblagichlarida navbatdagi qiyoslash ishlari olib borilmoqda

Maishiy gaz hisoblagichlarining metrologik tavsiflari, o‘lchash aniqligi va ishonchlilik ko‘rsatkichlarining belgilangan me’yoriy-texnik talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida navbatdagi tekshiruv va qiyoslash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi mutaxassislari tomonidan zamonaviy yuqori aniqlikdagi gaz hisoblagichlarini qiyoslash qurilmalari yordamida belgilangan tartibda qiyoslash ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv ishlarining asosiy maqsadi maishiy […]

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim omili!

2025-yil 18-iyun kuni Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasining 60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (Avtomobil transporti va yo‘l qurilish mashinalari) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarini bevosita O‘zbekiston мilliy мetrologiya institutida himoya qildilar. Himoya jarayonida O‘zbekiston мilliy мetrologiya instituti Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi boshlig‘i Oybek […]

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 05.03.02 — “Metrologiya va metrologiya ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilar ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda 2025 yilning II choragida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan 13 nafar izlanuvchining dastlabki ilmiy natijalari muhokama qilindi. Izlanuvchilar o‘z dissertatsiya mavzulari doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ilmiy rejalari haqida taqdimot qildilar. Seminar davomida tadqiqotlarni ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirish, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini oshirish, shuningdek, belgilangan muddatlarda yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha tegishli […]

2026-yil 19-iyun kuni «O’zMMI» DM xodimlari ishtirokida “Metrologiya qoidalarini buzish uchun javobgarlik masalasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda tashkilot faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish masalalari yuzasidan seminar o’tkazildi.

2026-yil 19-iyun kuni «O’zMMI» DM xodimlari ishtirokida “Metrologiya qoidalarini buzish uchun javobgarlik masalasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda tashkilot faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish masalalari yuzasidan seminar o’tkazildi.

O‘zMMI mutaxassislari RLMO xalqaro davra suhbatida KOOMET nomidan ishtirok etdi

2026-yil 17-iyun kuni Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha hududiy tashkilotlarning (RLMO Round Table) xalqaro davra suhbatining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda AFRIMETS, APLMF, GULFMET, WELMEC, KOOMET va SIM tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda KOOMET nomidan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari — TCLM raisi Marat Yunusov va TCLM ijrochi kotibi Natalya Farxodova ishtirok etib, hududiy tashkilotning joriy […]

O‘zbekiston yosh metrologlari xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Avval xabar berganimizdek, 16–17-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida “KELAJAK BIZNIKI” (“ЗА НАМИ БУДУЩЕЕ”) shiori ostida IV Xalqaro ilmiy-amaliy yosh olimlar va mutaxassislar anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman doirasida tashkil etilgan “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” I Xalqaro tanlovida MDHga a’zo davlatlardan 40 nafar yosh metrolog ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar metrologiyaning ilmiy, amaliy hamda […]

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari soni 1675 taga yetdi

So‘nggi tahlillarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonda rasmiy dilerlar hamda xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinib, o‘rnatilgan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari soni 1675 tani tashkil etmoqda. Biroq hozirga qadar mazkur quvvatlantirish stansiyalarining aksariyati metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq, o‘lchash vositalari, jumladan yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish sohasida […]

Korzinka savdo marketlaridagi 2500 dan ortiq elektron tarozilar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va “ANGLESEY FOOD” MChJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, institut mutaxassislari tomonidan respublikadagi Korzinka savdo marketlarida foydalanilayotgan 2500 dan ortiq elektron tarozilar OIML R76-1:2011 xalqaro hujjati talablariga muvofiq metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayon davomida o‘lchash vositalarining aniqligi […]

СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi

Dushanbe shahrida СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi yalpi majlisi bo‘lib, unda aʼzo davlatlarning vakillari tomonidan metrologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, metrologik infratuzilmani mustahkamlash hamda milliy metrologiya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga doir muhim masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi yig‘ilish ishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar natijalari, jumladan СOOMET Prezidenti va Kotibiyatining […]

O‘zbekiston vakili СOOMET Prezidenti etib qayta saylandi

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan COOMET qo‘mitasining 38-yig‘ilishi doirasida ovoz berish natijalari asosida Lazizbek Saidoripov ketma-ket ikkinchi muddatga COOMET Prezidenti etib saylandi. Ushbu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro metrologiya faoliyatidagi nufuzi tobora ortib borayotganini va mamlakatimizning COOMET doirasida hamkorlikni rivojlantirishdagi faol roli eʼtirof etilganini yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekiston vakillari birinchi marta COOMET tarkibiy organlari raislari […]