Aniq vaqt

Korzinka savdo marketlaridagi 2500 dan ortiq elektron tarozilar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va “ANGLESEY FOOD” MChJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida ishlar olib borilmoqda.

Unga ko‘ra, institut mutaxassislari tomonidan respublikadagi Korzinka savdo marketlarida foydalanilayotgan 2500 dan ortiq elektron tarozilar OIML R76-1:2011 xalqaro hujjati talablariga muvofiq metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayon davomida o‘lchash vositalarining aniqligi va belgilangan talablarga muvofiqligi baholanib, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda savdoda o‘lchashlarning ishonchliligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil