Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan COOMET qo‘mitasining 38-yig‘ilishi doirasida ovoz berish natijalari asosida Lazizbek Saidoripov ketma-ket ikkinchi muddatga COOMET Prezidenti etib saylandi.
Ushbu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro metrologiya faoliyatidagi nufuzi tobora ortib borayotganini va mamlakatimizning COOMET doirasida hamkorlikni rivojlantirishdagi faol roli eʼtirof etilganini yana bir bor tasdiqladi.
Shuningdek, O‘zbekiston vakillari birinchi marta COOMET tarkibiy organlari raislari etib saylandi: Azamat Taubaldiyev – TQ 1.9 “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik”, Alisher – Botirov QQ 1.6.6 “Sarf o’lchash” raisi.
Ushbu natijalar o‘zbekistonlik mutaxassislarga bo‘lgan yuksak ishonch va ularning mintaqaviy va xalqaro miqyosda metrologiyani rivojlantirishga qo‘shgan professional hissalarini namoyish etmoqda.