Sankt-Peterburgda metrologiya sohasining yirik tadbiri boshlandi: Diqqat markazida kimyo va biologiya

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri, aniqrog‘i D.I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti (COOMET) tarkibidagi TK 1.8 «Fizika-kimyo» texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Joriy yilning 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur xalqaro tadbirda soha mutaxassislari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Unda bugungi kunning […]

O‘zbek metrologlari Buyuk Britaniyada yuqori aniqlikdagi o‘lchov texnologiyalarini o‘rgandi

O‘zbekiston milliy metrologiya sohasi mutaxassislari Buyuk Britaniyaning Taylor Hobson kompaniyasida tajriba almashdi. Tashrif davomida ular xalqaro talablarga mos laboratoriyalar, zamonaviy o‘lchash uskunalari va yangi texnologiyalar bilan tanishdi. Mutaxassislar kompaniyaning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasi faoliyatini o‘rganib, yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, ilmiy loyihalar va yangi etalonlarni yaratishda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribalar bo‘yicha ma’lumotlar […]

O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan davlatlararo standart qabul qilindi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan ГОСТ ISO 9712—2026 “Контроль неразрушающий. Квалификация и сертификация персонала в области неразрушающего контроля” (o‘zb: Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish sohasidagi xodimlarning malakasini baholash va sertifikatlashtirish) davlatlararo standarti Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi tomonidan Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AIS MGS) orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra qabul […]

O‘zMMI GULFMET doirasidagi xalqaro solishtirishlarda yangi natijalarga erishmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasi  Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi qo‘shimcha solishtirishlarda ishtirok etmoqda. GULFMET-TF-S2 UTC Time Scales Between UTC(SASO), UTC(UME), UTC(UZ), UTC(NIS), UTC(EMI), UTC(AZ) Using Global Navigation Satellite Systems (GNSS) qo‘shimcha solishtirish muvaffaqiyatli yakunlanib, texnik xisobot Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi […]

IAEAning INIR Follow-up Phase 2 missiyasi yakunlandi

“O‘zatom” agentligida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (IAEA)ning milliy yadro infratuzilmasini kompleks baholashga qaratilgan INIR (Integrated Nuclear Infrastructure Review) Follow-up Phase 2 missiyasi bo‘lib o‘tdi. Missiya davomida O‘zbekiston Respublikasida milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, 2021-yilda o‘tkazilgan INIR missiyasi yakunlari asosida berilgan tavsiyalar ijrosi hamda sohada erishilgan natijalar xalqaro ekspertlar ishtirokida batafsil tahlil […]

Xalqaro konsalting ekspertlari bilan metrologiya sohasidagi islohotlar muhokamasi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro konsalting kompaniyasi Policy and Management Consulting Group (PMCG) ekspertlari Nino Javakhadze va Otar Anita bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida metrologiya sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqiy bazani yanada takomillashtirish, milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya nazorati tizimini takomillashtirish hamda sohada xususiy sektor […]

Metrologiya xizmatlari (qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari) diqqatiga!

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Provayderi malakani tekshirish sohasida o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi. Endilikda Institut tomonidan tashkil etiladigan laboratoriyalararo solishtirish dasturlariga bosim o‘zgartirgichlari hamda qarshilik termoo‘zgartirgichlari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar kiritildi. Mazkur o‘zgarish qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalariga o‘z faoliyati va o‘lchash natijalari ishonchliligini xalqaro talablarga mos ravishda baholash imkonini beradi. Akkreditatsiya sohasining kengaytirilishi mamlakatda oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini […]

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida texnik hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Lazizbek Saidoripov Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan muloqot davomida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. […]

Xalqaro darajada onlayn trening tashkil etildi

Joriy yilning 24-iyun kuni Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) faoliyati doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi. Trening “Tebranish datchiklari va tebranishni o‘lchash vositalarini ikkilamchi metod asosida kalibrlash” mavzusiga bag‘ishlanib, unda a’zo davlatlarning metrologiya sohasi mutaxassislari, laboratoriya xodimlari hamda sohaga qiziquvchi ekspertlar ishtirok etdilar. Mazkur […]

SMIIC Metrologiya kengashi ishchi guruhining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti (SMIIC) Metrologiya kengashi (MC) huzurida tashkil etilgan “Barqaror rivojlanish uchun halol sifat infratuzilmasi” ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi onlayn formatda o‘tkazildi. Yig‘ilishda ishchi guruhning 8 nafar a’zosi hamda Metrologiya kengashi kotibiyati vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston vakili ham ishchi guruh a’zosi sifatida qatnashib, kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol ishtirok etdi. […]