Aniq vaqt

СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi

Dushanbe shahrida СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi yalpi majlisi bo‘lib, unda aʼzo davlatlarning vakillari tomonidan metrologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, metrologik infratuzilmani mustahkamlash hamda milliy metrologiya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi yig‘ilish ishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar natijalari, jumladan СOOMET Prezidenti va Kotibiyatining faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining qonunlashtiruvchi metrologiya, axborot va taʼlim bo‘yicha texnik qo‘mitalar ishiga qo‘shgan hissasi taqdim etildi.

Yig‘ilish davomida СOOMET faoliyatining muhim yo‘nalishlari ham, jumladan, metrologiya sohasida raqamli transformatsiyani rivojlantirish, metrologik tizimlari rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mutaxassislarning kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishning muhim voqealaridan biri СOOMETning tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasida ochiqlikni oshirish, tezkor axborot almashish va faoliyatni yanada samarali muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan yagona axborot resursining (https://coomet.info/) ishga tushirilgani bo‘ldi.
Bundan tashqari, yalpi majlis doirasida «СOOMETning xizmat ko‘rsatgan metrologi» faxriy unvonini berish marosimi bo‘lib o‘tib, bu mutaxassislarning metrologiyani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda KOOMETning mintaqaviy va xalqaro darajadagi nufuzini oshirishga qo‘shgan hissalarining eʼtirof etilishini bildiradi.
Alohida eʼtibor COOMETning 35 yilligiga qaratilib, uning doirasida ishtirokchilar ko‘p yillik hamkorlikning ahamiyati, erishilgan natijalar hamda tashkilotning metrologik taʼminotni rivojlantirish, o‘lchash imkoniyatlarini o‘zaro tan olish va professional tajriba almashishdagi rolini qayd etdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining faol ishtiroki mamlakatimizning xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va COOMET doirasida tashabbuslarni ilgari surish borasida izchil ish olib borilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Yig‘ilish yakunida COOMET Qo‘mitasining navbatdagi 39-yig‘ilishini 2027 yilda Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif ko‘rib chiqildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil