So‘nggi tahlillarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonda rasmiy dilerlar hamda xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinib, o‘rnatilgan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari soni 1675 tani tashkil etmoqda.
Biroq hozirga qadar mazkur quvvatlantirish stansiyalarining aksariyati metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq, o‘lchash vositalari, jumladan yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish sohasida foydalaniladigan qurilmalar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.