2025-yil 18-iyun kuni Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasining 60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (Avtomobil transporti va yo‘l qurilish mashinalari) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarini bevosita O‘zbekiston мilliy мetrologiya institutida himoya qildilar.
Himoya jarayonida O‘zbekiston мilliy мetrologiya instituti Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi boshlig‘i Oybek Xalilov hamda kafedra professor-o‘qituvchilaridan iborat Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirok etib, talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini baholadilar. Bitiruvchilar metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmentiga oid ilmiy ishlari hamda innovatsion loyihalarini mutaxassislar oldida muvaffaqiyatli taqdim etdilar. Jami 3 ta DAK tarkibida 22 nafar talabaning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yakuniy natijalarga ko‘ra, 8 nafar bitiruvchi o‘z ishlarini a’lo baholarga himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Barcha bitiruvchilarimizni ushbu muhim yutuq bilan tabriklaymiz va ularning kelgusi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!