📢 O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari xalqaro ilmiy-amaliy yig‘ilishda

📇 2025-yil 11–13-avgust kunlari Malayziya, Kuala Lumpur shahrida APMP mintaqaviy tashkilotining navbatdagi «2025 APMP/Focus Group Workshop on Climate Change and Clean Air» hamda «22nd Workshop of APMP/TCQM Gas Analysis» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy Metrologiya Institutining (http://nim.uz/) xodimlari Rustamov Jamol va Ubaydullaev Azimjon ushbu yig‘ilishda ishtirok etib, atmosfera havosiga chiqarilayotgan chiqindi gazlar va havoning […]
NEYTRAL SVETOFILTRLAR KALIBRLANDI

💬 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) “Fotometriya” laboratoriyasida spektral nur o‘tkazuvchanlik va optik zichlik birligi Milliy etaloni yordamida neytral svetofiltrlar kalibrlash ishlari amalga oshirildi. 💡Ushbu jarayon o‘lchash vositalarining aniqligini oshirish, laboratoriyalar va ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilayotgan optik zichlik olchash vositalarining ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 🔄Mazkur ishlar NIST (National Institute of Standards and Technology) tomonidan […]
❗️ Xalqaro standartlar asosida O‘zbekiston milliy standartlari ishlab chiqildi

🔬O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/) “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xalqaro standartlar asosida yangi milliy standartlar loyihalari ishlab chiqildi. 📝Xususan, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining: IEC 61094-5:2016, IEC 61094-6:2004 standartlari asosida O‘z MSt IEC 61094-5:2025 va O‘z MSt IEC 61094-6:2025 milliy standartlari yaratildi va O‘zbekiston […]
Metrik Konvensiyaga qo‘shilish – o‘lchashlarga bo‘lgan sifat va ishonch kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan maʼqullandi. Mazkur Qonunni qabul qilinishi mamlakatimizda sifat infratuzilmasini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, metrologiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu qadam “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, shuningdek, Xalqaro sifat infratuzilmasi indeksida (GQII) […]
🛑 Korrupsiya haqida xabar berish — bu xavf emas, balki fuqarolik masʼuliyati. Sizning dadil qadamingiz boshqalarga ham ibrat bo‘ladi.

💬 Agar korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqda quyidagi ishonchli aloqa kanallari orqali xabar bering: 📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Call-markazi – 1253 📞 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi: +(99871) 202-00-11 (ichki 1231) ✉️ Elektron pochta manzil: metrolog@nim.uz 🚀 Telegram boti: @UzNIM_korrupsiya_bot ⚖️ Har bir murojaatingiz eʼtibordan chetda qolmaydi. […]
⚡️ Ilm-fan va sanoat o‘zaro uyg‘unlikda

📖 Innovatsion rivojlanish agentligi (https://innovation.gov.uz/oz) tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://gov.uz/oz/standart) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi” doirasida muhim loyiha amalga oshirildi. ✍️ Mazkur dastur asosida Toshkent shahridagi Turin Politeknika Universiteti (https://turin.uz/uz/uz-2/)va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) hamkorligida “Havo oqimi tezligini […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mintaqaviy metrologiya tashkiloti doirasida navbatdagi yutug‘i: Ionlashtiruvchi nurlanishlar laboratoriyasi Osiyo davlatlari o‘rtasidagi solishtirishda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (O‘zMMI) Ionlashtiruvchi nurlanishlar kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi Osiyo mintaqasida o‘tkazilgan metrologik tadbirda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash va kalibrlash uslublarini uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro pilot solishtirish tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu solishtirish quyidagi mavzularni o‘z ichiga oldi: «The Comparison of Air Kerma for Photon and Absorbed Dose to Tissue […]
O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Osiyo-Tinch Okeani Mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

✍️ 2025-yil 21–22-iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Fotonlar uchun havo kerma va beta nurlanishi himoyasi kalibrovka qilinishi uchun to‘qimaga singdirilgan doza taqqoslash” mavzusida Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 🌎 Ushbu anjumanda Yaponiya, Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziya, Myanma, Filippin, Singapur, Vyetnam va O‘zbekiston vakillari ishtirok etib, ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash bo‘yicha olib borilgan pilot solishtirish natijalarini […]
🔬O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 35-etalon: sathni o‘lchash vositalari uchun yangi yuqori aniqlikdagi etalon joriy etildi

⏱O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/) sathni o‘lchash laboratoriyasida yuqori aniqlikdagi sath o‘lchash vositalarini tekshirishga mo‘ljallangan zamonaviy 35-etalon uskunasi muvaffaqiyatli tarzda o‘rnatildi va ishga tushirildi. ⚙️ Mazkur etalonni ishga tushirish va undan foydalanish bo‘yicha texnik ishlar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirilib, institut mutaxassislariga amaliy texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🌎Yangi o‘rnatilgan kompleks etalon yordamida xalqaro hujjatlarda […]
Etalonlar, treninglar va ilmiy almashinuv: ikki institut o‘rtasida muhim muzokaralar

🇺🇿🇨🇿 O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Chexiya metrologiya instituti direktori, doktor Irji Tesar( Jiří Tesař) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat doirasida tomonlar institutning etalonlar bazasi va o‘lchash imkoniyatlari bilan tanishdi hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi: ➡️ Fizik-kimyoviy o‘lchashlar hamda bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi mutaxassislarini Chexiya […]