![]() |
📖 Innovatsion rivojlanish agentligi (https://innovation.gov.uz/oz) tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://gov.uz/oz/standart) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi” doirasida muhim loyiha amalga oshirildi.
✍️ Mazkur dastur asosida Toshkent shahridagi Turin Politeknika Universiteti (https://turin.uz/uz/uz-2/)va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) hamkorligida “Havo oqimi tezligini o‘lchash vositalarini (anemometr) qiyoslash va kalibrlash qurilmasini (aerodinamik truba) yaratish” loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
📈 Loyiha guruhi ishtirokida aerodinamik truba konstruksiyasining dastlabki konsepsiyasi, loyihaning texnik jihatlari, shuningdek, qurilmani ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📇 Ushbu loyiha nafaqat milliy metrologik infratuzilmani mustahkamlashga, balki ilmiy-tadqiqot ishlarining sanoat ehtiyojlariga moslashtirilishiga xizmat qiladi.
📊 Natijada, respublikamizda anemometrlarni yuqori aniqlikda qiyoslash va kalibrlash imkoniyati paydo bo‘lib, bu esa sanoat, ekologiya, energetika kabi qator sohalarda havo oqimining aniqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
