Aniq vaqt

Metrik Konvensiyaga qo‘shilish – o‘lchashlarga bo‘lgan sifat va ishonch kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Mazkur Qonunni qabul qilinishi mamlakatimizda sifat infratuzilmasini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, metrologiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu qadam “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, shuningdek, Xalqaro sifat infratuzilmasi indeksida (GQII) mamlakat pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Metrik konvensiyaga to‘laqonli a’zo bo‘lish orqali O‘zbekiston:
🟣Byuro va konsultativ qo‘mita faoliyatida ishtirok etish,
🟣Qimmatbaho platina-iridiy etalonlarini arzonlashtirilgan tartibda xarid qilish,
🟣Etalonlarni xalqaro laboratoriyalarda tekin kalibrlash,
🟣Metrolog mutaxassislarni stajirovkalarga yuborish,
🟣CGPM yig‘ilishlarida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

Bu esa mamlakatimiz uchun har yili etalonlarni kalibrlash uchun sarflanadigan mablag’larni 150 ming dollargacha tejamkorlik qilish, xalqaro texnik to‘siqlarni bartaraf etish va eksport salohiyatini oshirish imkonini yaratadi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga faol qo‘shilishi milliy iqtisodiyot barqarorligi va xalq farovonligiga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil