![]() |
![]() |
![]() |
🇺🇿🇨🇿 O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Chexiya metrologiya instituti direktori, doktor Irji Tesar( Jiří Tesař) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat doirasida tomonlar institutning etalonlar bazasi va o‘lchash imkoniyatlari bilan tanishdi hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
Muzokaralar jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:
➡️ Fizik-kimyoviy o‘lchashlar hamda bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi mutaxassislarini Chexiya metrologiya institutida malaka oshirish;
➡️O‘zbekiston kvant metrologiya markazida past absolyut bosimlar (vakuum o‘lchovlari) sohasida bosim birligi etalon laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik;
➡️ Suyuqliklarning pH va pX ko‘rsatkichlarini o‘lchash sohasida ikki tomonlama solishtirishlarni o‘tkazish;
➡️ Namunaviy nisbiy namlik uskunasini yaratish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni boshlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.




