![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (O‘zMMI) Ionlashtiruvchi nurlanishlar kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi Osiyo mintaqasida o‘tkazilgan metrologik tadbirda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash va kalibrlash uslublarini uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro pilot solishtirish tadbiri bo’lib o’tdi.
Ushbu solishtirish quyidagi mavzularni o‘z ichiga oldi: «The Comparison of Air Kerma for Photon and Absorbed Dose to Tissue for Beta Radiation Protection Calibrations» (Ya’ni, foton nurlanishi uchun havo kerma miqdori hamda beta nurlanishidan himoya qilish uchun to‘qimaga yutilgan doza o‘lchovlarining solishtirilishi)
Mazkur xalqaro solishtirish loyihasida mintaqaning ilg‘or metrologiya institutlari – Yaponiya, Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziya, Myanma, Filippin, Singapur, Vyetnam hamda O‘zbekistondan vakillari ham ishtirok etdi.
Solishtirish natijalari yaqinda e’lon qilindi va unda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan barcha o‘lchov natijalari xalqaro talablarga to‘liq mos ekanligi, ya’ni yuqori aniqlikdagi ijobiy natijalar qayd etilgani tasdiqlandi.
Bu muvaffaqiyat O‘zMMI laboratoriyasining yuqori texnik salohiyatga egaligini, xodimlarning xalqaro talablarga javob beruvchi malaka va bilim darajasini, laboratoriya ish faoliyatining xalqaro metrologik muvofiqligini yana bir bor isbotlab berdi.
