![]() |
![]() |
![]() |
⏱O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/) sathni o‘lchash laboratoriyasida yuqori aniqlikdagi sath o‘lchash vositalarini tekshirishga mo‘ljallangan zamonaviy 35-etalon uskunasi muvaffaqiyatli tarzda o‘rnatildi va ishga tushirildi.
⚙️ Mazkur etalonni ishga tushirish va undan foydalanish bo‘yicha texnik ishlar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirilib, institut mutaxassislariga amaliy texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
![]() |
![]() |
🌎Yangi o‘rnatilgan kompleks etalon yordamida xalqaro hujjatlarda belgilangan talablar asosida quyidagi sath o‘lchash vositalarini 0,3 mm aniqlikda va 25 metr uzunlikgacha bo‘lgan oraliqda qiyoslash va kalibrlash imkoniyati yaratildi:
🔵ultratovushli,
🟢radar,
🟡magnitqalqonsimon,
🩷trosli,
🔴mikroimpulsli sath o‘lchash vositalari.
✅ Va bu orqali ushbu yo‘nalishdagi o‘lchashlar natijalarining xalqaro etalonlargacha bo‘lgan metrologik kuzatiluvchanligi ta’minlanadi.
✅ Eng muhimi, xalqaro solishtirish loyihalarida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratiladi.
🔗 Mazkur tashabbus respublikamizda yuqori aniqlikdagi sath o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini kuchaytirish, sanoat sohalarida aniqlik va ishonchlilikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




