Aniq vaqt

📢 O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari xalqaro ilmiy-amaliy yig‘ilishda

📇 2025-yil 11–13-avgust kunlari Malayziya, Kuala Lumpur shahrida APMP mintaqaviy tashkilotining navbatdagi «2025 APMP/Focus Group Workshop on Climate Change and Clean Air» hamda «22nd Workshop of APMP/TCQM Gas Analysis» tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy Metrologiya Institutining (http://nim.uz/) xodimlari Rustamov Jamol va Ubaydullaev Azimjon ushbu yig‘ilishda ishtirok etib, atmosfera havosiga chiqarilayotgan chiqindi gazlar va havoning tozalik darajasiga ta’sir etuvchi gazlarni aniqlash hamda miqdorini o‘lchash bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishdilar.

🗣Tadbir davomida mutaxassislar o‘z taqdimotlari bilan faol qatnashib, institutda tashkil etilayotgan yangi kompleks laboratoriya bo‘yicha xorijlik ekspertlar bilan ham fikr almashishdi.