![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
💬 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) “Fotometriya” laboratoriyasida spektral nur o‘tkazuvchanlik va optik zichlik birligi Milliy etaloni yordamida neytral svetofiltrlar kalibrlash ishlari amalga oshirildi.
💡Ushbu jarayon o‘lchash vositalarining aniqligini oshirish, laboratoriyalar va ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilayotgan optik zichlik olchash vositalarining ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
🔄Mazkur ishlar NIST (National Institute of Standards and Technology) tomonidan texnik va metodik hujjatlar to‘plami asosida ishlab chiqilgan C12.PR “Neytral svetofiltrlarni kalibrlash metodi” talablariga to‘liq muvofiq holda bajarildi. Mazkur metodika orqali har bir svetofiltrning nur o‘tkazuvchanlik va optik zichlik qiymatlari yuqori aniqlikda aniqlanadi.
📈 Natijada, o‘lchash vositalarining aniqligi va barqarorligi ta’minlanib, optik o‘lchovlar sohasida xalqaro talablarga mos natijalar olish imkoniyati yaratildi.



