Aniq vaqt

O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Osiyo-Tinch Okeani Mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

✍️ 2025-yil 21–22-iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Fotonlar uchun havo kerma va beta nurlanishi himoyasi kalibrovka qilinishi uchun to‘qimaga singdirilgan doza taqqoslash” mavzusida Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

🌎 Ushbu anjumanda Yaponiya, Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziya, Myanma, Filippin, Singapur, Vyetnam va O‘zbekiston vakillari ishtirok etib, ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash bo‘yicha olib borilgan pilot solishtirish natijalarini muhokama qilishdi.

📇 Tadbir doirasida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (IAEA) (https://www.iaea.org/) ekspertlari tomonidan radiatsiyaviy metrologiyaga oid xalqaro tavsiyalarni joriy etishga qaratilgan treninglar ham o‘tkazildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil