O‘zbekistonda Sath etaloni laboratoriyasi ochildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologiya sohasida yana bir muhim qadam tashladi. Toshkent shahridagi Institutning Etalon park binosida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi — Rosstandart hamda ElMetro-Injiniring kompaniyasi vakillari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan tadbir va sath o‘lchash vositalarini tekshirish uchun mo‘ljallangan Sath etaloni laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. […]
O‘zbekistonda zamonaviy gaz sarfi o‘lchash laboratoriyasi tashkil etiladi

Xitoy Xalq Respublikasining “TAPLine” kompaniyasi rahbari hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va “Asia Trans Gas” (https://asiatransgas.uz/uz) rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida DN 400 mm gacha bo‘lgan zamonaviy gaz sarfi o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv laboratoriyasini tashkil etish loyihasi taqdimoti hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar […]
Etalon termometrlarni kalibrlash bo’yicha trening

🔄Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida (http://nim.uz/) muhim oʻquv-amaliy trening oʻz ishini boshladi. 2025-yil 25-avgustdan 5-sentyabrgacha Harorat (ITS-90) laboratoriyamizda xalqaro ekspert Konstantin Bordianu (Moldova) boshchiligida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. 📇 Treningning asosiy maqsadi — xodimlarimizning texnik kompetentligini oshirish. Unda 1990-yilgi Xalqaro harorat shkalasi (ITS-90) boʻyicha platina etalonli termometrlarni (SPRTs) repter nuqtalarda kalibrlash texnologiyalari oʻrgatilmoqda.
O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (https://nim.uz/) Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar markazida Institut hamda Koreya texnologiyalarni rivojlantirish agentligi (KIAT) (https://www.kiat.or.kr/) o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi bo‘ldi. ✅ Loyiha quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: — ilg‘or metrologiyani rivojlantirish, — ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, — texnologiyalar transferi, — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, — […]
🎒 Kichik qalblarda katta orzular

🌟 Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi tantanalari mamlakatimiz bo‘ylab katta shodiyonalar bilan davom etmoqda. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan hamda yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. ✨ Tadbirda institut xodimlari hamda ularning birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlari ishtirok etdilar. Institut direktori Lazizbek Saidoripov tadbir ishtirokchilarini qutlab, farzandlarini ilk bor […]
COOMETning “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
🔄 Joriy yilning 26–28-avgust kunlari Toshkent shahri “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti” (COOMET)ning “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasi (TQ 1.2)ning navbatdagi 19-yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda. 🔅Mazkur yig‘ilish gibrid formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda Yevroosiyo mintaqasining yetakchi milliy metrologiya institutlari, soha ekspertlari va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida akustika, ultratovush va vibratsiya o‘lchash sohalarida […]
Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish doirasida metrologiya bo’yicha o‘quv seminari tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://www.standart.uz/) hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida (https://www.ptb.de/cms/en.html) amalga oshirilayotgan “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida metrologiya bo’yicha navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. ⭐️ Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar milliy metrologiya tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos o‘lchash uslublarini joriy qilish va yuqori malakali mutaxassislar salohiyatini […]
O‘zbekiston EURAMET faoliyatiga qo‘shildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining EURAMET faoliyatida Markaziy Osiyodagi yagona Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi rezolyutsiya e’lon qilindi. 2025-yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi […]
O‘zbekistonda COOMET doirasidagi xalqaro yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (https://nim.uz/) Davlat metrologiya muassasalarining Yevro-Osiyo hamkorligi (COOMET) (https://coomet.info/)doirasida 1.5 – “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 22-yig‘ilishi o‘z ishiga start berdi. ✅ O‘zMMI tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari hamda institut mutaxassislari ishtirok etmoqda. ✅ Shuningdek, COOMETga a’zo boshqa davlatlarning […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) ilmiy ishlanmalari xalqaro maydonda e’tirof etildi

🔵 Avstraliyaning Sidney shahrida Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) (https://apmpweb.org/) va International Union of Radio Science (URSI) hamkorligida tashkil etilgan “Asia-Pacific Radio Science Conference (URSI AP-RASC 2025)” seminari o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) xodimi ham ishtirok etmoqda. 🔴 Seminar doirasida O‘zMMI mutaxassislari tomonidan Moldova milliy metrologiya instituti bilan […]