Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish doirasida metrologiya bo’yicha o‘quv seminari tashkil etildi

🇺🇿 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://www.standart.uz/) hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida (https://www.ptb.de/cms/en.html) amalga oshirilayotgan “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida metrologiya bo’yicha navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

⭐️ Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar milliy metrologiya tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos o‘lchash uslublarini joriy qilish va yuqori malakali mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Seminar doirasida ayni paytda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (https://nim.uz/) Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarini o‘lchash bo‘limi mutaxassislari Tailanddagi NIMT (National Institute of Metrology, Thailand) (https://en.nimt.or.th/) institutida malaka oshirishmoqda.

Ular xalqaro tajriba almashinuvi asosida pH bufer standart eritmalarini ISO 17034 xalqaro standarti talablari asosidа ishlab chiqarish, uning metrologik xususiyatlarini baholash, hamda bu jarayonlarda zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar. Malumot o’rnida, ushbu o’quv-amaliy seminar xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan qoplaniladi.

Shuningdek, mazkur o‘quv jarayoni o‘lchashlarning aniqligini ta’minlash, metrologik izchillikni mustahkamlash, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.