Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekistonda zamonaviy gaz sarfi o‘lchash laboratoriyasi tashkil etiladi

Xitoy Xalq Respublikasining “TAPLine” kompaniyasi rahbari hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va “Asia Trans Gas” (https://asiatransgas.uz/uz) rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida DN 400 mm gacha bo‘lgan zamonaviy gaz sarfi o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv laboratoriyasini tashkil etish loyihasi taqdimoti hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

✅ Loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Chexiya Respublikasining Czech Metrology Institute (ČMI) (https://cmi.gov.cz/?language=en) bilan hamkorlikda konsorsium asosida ishlaydi.

✅ Laboratoriya quyidagi vazifalarni bajaradi:

🟤 gaz sarfi o‘lchash vositalarini xalqaro talablarga muvofiq kalibrlash va qiyoslash;
🔵 o‘lchash natijalarining xalqaro darajada tan olinishi uchun mazkur yo‘nalishda o‘lchashlarni metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash;
🟡 “Uzbekneftgaz” va “Asia Trans Gas” korxonalarida qo‘llaniladigan zamonaviy hisoblagichlarning metrologiya tekshiruvini mamlakatimizda yo‘lga qo‘yish orqali ularni xorijda kalibrlash bo‘yicha vaqti va mablag‘larini iqtisod qilinishiga erishish;
🩷 xalqaro tajribaga asoslangan ilg‘or metrologik usullarni joriy etish.

✅ Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish yuzasidan potensial moliyalashtirish manbalarini belgilash (davlat, donor, xususiy sektor) hamda loyihalashtirish bo‘yicha hamkor tashkilotni aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, Laboratoriya uchun texnik-iqtisodiy asos (TEO) loyihasini tayyorlash yuzasidan tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

✅ Ushbu loyiha O‘zbekistonning xalqaro metrologik hamjamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’kidlash lozimki, mazkur laboratoriya O‘rta Osiyoda texnik va metrologik jihatdan yagona bo‘ladi.