Aniq vaqt

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (https://nim.uz/) Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar markazida Institut hamda Koreya texnologiyalarni rivojlantirish agentligi (KIAT) (https://www.kiat.or.kr/) o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi bo‘ldi.

✅ Loyiha quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
— ilg‘or metrologiyani rivojlantirish,
— ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish,
— texnologiyalar transferi,
— kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash,
— yosh olimlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi o‘rnini mustahkamlash.

✨ Uchrashuvda Institut rahbariyati sohadagi yutuqlar va ustuvor yo‘nalishlarni taqdim etdi. Shuningdek, ta’kidlandiki, Koreya bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik bilim va tajriba almashinuvi, stajirovkalar, shuningdek iqtisod va fan sohalarida amaliy o‘zgarishlar uchun yangi istiqbollarni ochib beradi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil