Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) ilmiy ishlanmalari xalqaro maydonda e’tirof etildi

🔵 Avstraliyaning Sidney shahrida Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) (https://apmpweb.org/) va International Union of Radio Science (URSI) hamkorligida tashkil etilgan “Asia-Pacific Radio Science Conference (URSI AP-RASC 2025)” seminari o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) xodimi ham ishtirok etmoqda.

🔴 Seminar doirasida O‘zMMI mutaxassislari tomonidan Moldova milliy metrologiya instituti bilan hamkorlikda signal generator va chastotomerlarni kalibrlash yuzasidan amalga oshirilgan pilot solishtirishlar natijalari asosida tayyorlangan ikki ilmiy maqola taqdimot va poster shaklida muhokama qilindi. Ushbu ishlanmalar seminar texnik ekspertlari hamda tahrir hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

🟢 Natijada mazkur maqolalar IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) (https://ieeexplore.ieee.org/) tomonidan yuritiladigan ilmiy maqolalar, konferensiya materiallari, jurnallar va texnik hujjatlarni qamrab oluvchi raqamli kutubxona hamda SCOPUS (https://www.scopus.com/) bazasidagi seminar to‘plamida chop etilishi uchun qabul qilindi.

🟡 Shuningdek, seminarda vaqt va chastota sohasida kalibrlash, kuzatiluvchanlikni ta’minlash, xalqaro solishtirishlarni tashkil etish, milliy vaqt shkalasini yaratish va uzatish, faza shovqinini o‘lchash texnikasi kabi dolzarb masalalar yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalar oshirilmoqda.

🟢 Ma’lumot uchun: O‘zMMI xodimlarining seminarda ishtiroki “Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” hamkorlik loyihasi doirasida Germaniya fizika – texnika instituti (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en.html)koʻmagida tashkil etildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil