Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekiston EURAMET faoliyatiga qo‘shildi


O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining EURAMET faoliyatida Markaziy Osiyodagi yagona Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi rezolyutsiya e’lon qilindi.
2025-yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi faolligi va mintaqaviy yetakchi o‘rni alohida e’tirof etilib, institutning EURAMET faoliyatida Markaziy Osiyodagi yagona Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtiroki to‘liq ma’qullandi.
O‘zbekistonning EURAMETdagi ishtiroki
Asosiy ahamiyati
Yevropa metrologiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish — O‘zbekiston milliy metrologiya instituti endilikda EURAMETning rasmiy maydonlarida, yig‘ilishlari va loyihalarida to‘laqonli qatnashadi.
Xalqaro nufuz va ishonch — Markaziy Osiyoda yagona hamkor sifatida O‘zbekistonning metrologiya sohasidagi yetakchi o‘rni tasdiqlandi.

🌍 Nima beradi?
Etalonlarni solishtirish imkoni O‘zbekiston milliy etalonlari Yevropa mamlakatlarining etalonlari bilan rasmiy ravishda taqqoslanadi. Bu SI tizimiga to‘liq kuzatuvchanlikni ta’minlaydi.
Ilmiy-texnik hamkorlik EMPIR (European Partnership on Metrology) doirasida qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kadrlar salohiyatini oshirish Institut mutaxassislari Yevropa davlatlaridagi treninglar, stajirovkalar va malaka oshirish dasturlaridan foydalanadi.
Sanoat va fanga qo‘llab-quvvatlov Yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar orqali mahalliy ishlab chiqarish sifatini oshirish, eksportbop mahsulotlarni sertifikatlashda xalqaro ishonchga erishish mumkin bo‘ladi.

Milliy nufuzni oshirish O‘zbekistonning metrologiya sohasida xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori kuchayadi, mamlakatimiz butun Markaziy Osiyo nomidan EURAMETda ishtirok etadi.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining EURAMETga qo‘shilishi mamlakatimizga:
milliy etalonlarni Yevropa mamlakatlari bilan xalqaro solishtirishlarda bevosita ishtirok etish,
ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarda faol qatnashish,
xodimlar malakasi va texnik salohiyatini oshirish dasturlaridan foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda institut EURAMET doirasida fotometriya va radiometriya yo‘nalishida ikkita solishtirish loyihasida faol ishtirok etmoqda: EURAMET.PR-K5.2022 va EURAMET.PR-K3.2020.


EURAMET — Yevropaning mintaqaviy metrologiya tashkiloti bo‘lib, 1987-yilda tashkil etilgan EUROMETning davomchisi sifatida 2007-yildan Germaniyada assotsiatsiya sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilot Yevropa Ittifoqi ва Еvropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlarining 38 ta milliy metrologiya institutini, shuningdek, 76 ta vakolatli ilmiy markaz va tashkilotlarni birlashtiradi.
EURAMETning asosiy vazifalari:
etalonlar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy solishtirishlarni tashkil etish;
Yevropadagi o‘lchashlarning uyg‘unligi va ishonchliligini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini (EMPIR/European Partnership on Metrology) amalga oshirish;
Xalqaro birliklar tizimi (SI) va standartlarning kuzatuvchanligini ta’minlash;
yuqori sifatli o‘lchashlar orqali sanoat, ilm-fan va jamiyatni qo‘llab-quvvatlash.

🔗 Batafsil: EURAMET Liaison Organisations

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil