Koreyada xalqaro amaliyot: O‘zbekiston metrologlari 12 nafar tanlangan mutaxassislar qatorida

✅ Shu kunlarda Koreyaning Daejeon shahrida Koreya ilm va standartlar tadqiqot instituti (KRISS) (https://www.kriss.re.kr/eng/) qoshidagi Global Metrologiya Akademiyasi (GMA) (https://www.metrology.academy/) tomonidan elektr va magnetizm yo‘nalishida ikki haftalik amaliy malaka oshirish dasturi o‘tkazilmoqda. ✅ Mazkur dasturda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/)mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Ular Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en/) granti doirasida tashkil etilgan tanlovda […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Xitoyda o‘quv-treningda ishtirok etmoqda

🌎 2025-yil 11-aprelda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) va Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM) (https://english.nim.ac.cn/)o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan 8-19-sentabr kunlari NIM laboratoriyalarida o‘quv-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zMMI mutaxassislari ushbu o‘quv treningida faol ishtirok etmoqda. ⚡️ Mazkur trening doirasida ishtirokchilar massa, audiometriya, qattiqlik, gaz metrologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha keng texnik imkoniyatli, ilg‘or laboratoriyalarda malaka oshirmoqda. ✅Shuningdek, malaka oshirish […]
Ilk marotaba xalqaro yozgi maktabda O‘zMMI xodimi ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi

🌀 Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) tomonidan tashkil etilgan BIPM UTC Summer Schoolda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari ishtirok etdi. Ushbu yozgi maktabda 🧭 Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) va milliy vaqt shkalasi UTC(k)ni hosil qilish, saqlash hamda uzatish, Vaqt va chastota sohasida raqamlashtirish, GNSS qab ul qilgichlar yordamida solishtirishlarni tashkil etish hamda […]
Ozarbayjonga safarning muhim yakunlari: COOMET Prezidenti Kengashi, AzMIda yangi laboratoriyalar va ikki tomonlama uchrashuvlar

🤝2025-yilning 9-10-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasida metrologiya sohasida muhim xalqaro tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalarining hamkorligi (COOMET) Prezidenti Kengashining yig‘ilishi, Ozarbayjon metrologiya institutida (AzMİ) yangi etalon laboratoriyalarining ochilishi hamda AzMİ va Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi Milliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. ✅ COOMET Prezidenti Kengashining yig‘ilishi Ozarbayjon […]
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti xodimi diagnostik radiologiya sohasidagi kuzatuvchanlik boʻyicha xalqaro seminarda ishtirok etdi

✅ Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)xodimi Afina (Gretsiya) shahrida boʻlib oʻtgan Workshop for radiation metrologists on calibration of dosimeters for X-ray imaging dosimetry xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbir EURAMET TraMeXI (https://tramexi.com/) loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, diagnostik radiologiya sohasida dozimetrlarni kalibrovka qilish masalalariga bagʻishlandi. ✅ Seminar kalibrovka laboratoriyalari mutaxassislarining diagnostik radiologiya sohasidagi bilim va amaliy […]
Hamkorlik loyihalarida innovatsion yechimlarni joriy etish

🤝 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (http://turin.uz/) vakillari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi. 🔬 Uchrashuv davomida zamonaviy o‘lchash vositalarining dizayni va funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, ularning ergonomik xususiyatlari, ishonchliligi va aniqligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha jarayonlariga innovatsion yechimlarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan o‘lchash texnikasini ishlab […]
TUBITAK UME va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “BIPM – TUBITAK UME Project Placement” dasturining 8-sikli bo‘lib o‘tmoqda.

✅O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) Xorazm filiali kichik hajm laboratoriyasining mutaxassisi Sh. Kadirov, BIPM (https://www.bipm.org/en/) Capacity Building and Knowledge Transfer Programme (CBKT) dasturi g‘olibi bo‘lib, “Medical metrology” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etmoqda. Yuqorida infuzion nasos analizatorini kalibrlash jarayoni keltirilmoqda. ✅Ushbu “BIPM (https://www.bipm.org/en/) – TUBITAK UME (https://www.ume.tubitak.gov.tr/) Project Placement” dasturi kelgusida uni joriy etish uchun yangi yo‘nalishni […]
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarining elektr xavfsizlik darajasini sinovdan o‘tkazish

🔄 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi tomonidan elektromobillarni zaryadlash stansiyalarining elektr xavfsizlik darajasi IEC 61010-1:2014 (GOST IEC 61010-1-2014) «Elektr kontrol-o‘lchash asboblari va laboratoriya uskunalari xavfsizligi» xalqaro standarti talablari bo‘yicha sinov ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zMMI rahbariyati hamda ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

📇 Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi bo‘yicha shu kungacha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. ⏺Uchrashuvda loyiha kalendar rejasiga muvofiq amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar tahlil qilindi hamda loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf qilish masalalari […]
O‘zbekiston–Slovakiya–Chexiya: Metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Chexiya va Slovakiya davlatlari hamkorligida tashkil etilgan yangi laboratoriyalar ochilish marosimi doirasida Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort va Slovakiya elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashdi. ✅ Muzokaralar doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi. ✅ Chexiya va Slovakiya davlatlari […]