Institut mutaxassisi KOOMET koordinatori sifatida tavsiya etildi

Bugun Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi-video konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. KOOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi. Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan KOOMET 1.9 texnik qoʻmita a’zosi va ionlashtiruvchi […]
Institut masu’llari Oliy Majlis Senati tadbirida ishtirok etishdi

Oliy Majlis Senatida o‘tkazilgan O‘zbekistonning Turkiya va Ozarbayjondagi elchilarining hisobotlarini eshitishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Eslatma

Shu kunlarda, kuzgi-qishki isitish mavsumi davomida korxona va tashkilotlar, shuningdek, koʻpgina xonadonlarda oʻrnatilgan gaz analizatorlarni soz holatda ekanligi hamda toʻgʻri ishlayotganligini tekshirib koʻrishingizni eslatib oʻtamiz. Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida qiyoslash gaz qorishmalari yordamida gaz analizatorlar, signalizatorlar va gaz detektorlarining metrologik nazoratini taʼminlash maqsadida fizik-kimyoviy kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda…
Etalonlar bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha uchrashuv o‘tkazildi

Kecha Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida Germaniyaning Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasi “WIKA Instrumentation” bilan hamkorlik ishlarini kengaytirish, etalonlar bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish, sohaga investitsiya jalb etish, kalibrlash bo‘yicha xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirib borish muhokama qilindi. Xalqaro ekspertlar bosim va differensial bosim oʻlchash vositalari, ularni xususiyatlari va ishlash uslubi hamda kalibrlash amaliyoti haqida o‘zaro rejali ishlarni […]
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

O’zbekiston milliy metrologiya institutida korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borilmoqda. Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi tomonidan korrrupsiyani oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari (“e-metrologiya” axborot dasturi, telefon, rasmiy veb sayt, “Telegram”, “YouTube”, “Facebook” “Instagram”) yo‘lga qo‘yilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorati xizmati tomonidan birgina 2023 yilda 465 tadan ortiq hamkor korxona va tashkilotlarga telefon orqali qayta […]
Metrologiyaga doir innovatsion g‘oyalar bo’yicha seminar o‘tkazildi

Kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) tomonidan Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) ishtirokida onlayn shaklda seminar tashkil etildi. Seminar innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga qiziqishda bo‘lgan izlanuvchan yosh, tadqiqotchi metrologlar faoliyatiga qaratildi. Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida kelgusi o‘n yillikda metrologiyani rivojlantirishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlarni aniqlash uchun so‘rov […]
Kalibrlash boʻyicha seminar tashkil qilindi

Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida Germaniyaning Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasi “WIKA Instrumentation” bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda kalibrlashga bagʻishlangan texnik seminar oʻtkazildi. Xalqaro ekspertlar bosim, harorat, sath, sarf oʻlchash vositalar, ularni xususiyatlari va ishlash uslubi hamda kalibrlash amaliyoti haqida mutaxassislarga keng maʼlumot berishdi. Shuningdek, sanoatda foydalaniladigan oʻlchash vositalarini xalqaro talablar asosida amalga oshirilayotgan metrologik […]
14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Shu kunlarda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va uning filiallarida xassos shoir va buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida oʻtkazilgan tadbirda Andijon filiali xodimlari ham ishtirok etishdi. Unda taʼlim muassasalaridan oʻqituvchilar, faollar, yoshlar qatnashib sahna koʻrinishlari koʻrsatilib, shoir gʻazallari asosidagi qoʻshiqlar kuylandi. Tadbir davomida […]
DIQQAT E’LON!!!

Rossiyaning Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasidagi metrologiya bo‘yicha hamkorligi doirasida 2024-yilda Rosstandart tizim tashkilotlari bazasida O‘zMMI mutaxassislarini qisqa muddatli o‘qitish rejalashtirilgan. Da’vogarlar uchun asosiy talablar quyidagilardir: bakalavrdan past bo‘lmagan ta’lim darajasiga ega bo‘lish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasi mavjudligi, o‘qish uchun yetarli darajada […]
Xushxabar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining “O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish” laboratoriyasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish xizmati qayta yo‘lga qo‘yildi: – Elektr izolyatsiya mustaҳkamligini sinash, – Elektr izolyatsiya xavfsizligini o‘lchash, – Elektr iste’moli quvvatini o‘lchash, – Gabarit o‘lchamlarni o‘lchash, – Og‘irlik ko‘rsatgichlarini o‘lchash. Bundan tashqari, mijozlarga qulay sharoit yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarni […]