Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida Germaniyaning Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasi “WIKA Instrumentation” bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda kalibrlashga bagʻishlangan texnik seminar oʻtkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Xalqaro ekspertlar bosim, harorat, sath, sarf oʻlchash vositalar, ularni xususiyatlari va ishlash uslubi hamda kalibrlash amaliyoti haqida mutaxassislarga keng maʼlumot berishdi. Shuningdek, sanoatda foydalaniladigan oʻlchash vositalarini xalqaro talablar asosida amalga oshirilayotgan metrologik tekshiruvi sifatini yanada yaxshilash imkoniyatlari borasida toʻxtalib oʻtildi.
Seminarda Oʻzbekistondagi kompaniyalarning profil rahbarlari, muhandis-texnik mutaxassislari, institut va uning hududiy filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur texnik seminar institut mutaxassislarini bilimi va malakasini yanada oshirishga xizmat qildi.



