Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

 Har yili so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy tavallud kuni arafasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallarida turli ko‘rinishda tadbirlar tashkil qilinadi. An’anaga muvofiq Samarqand hududiy filialida Navoiy bobomizning tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlangan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand viloyat […]

Metrologlar ishtirokida seminar treninglar o‘tkazildi

      O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Olmaliq, Namangan, Qo‘qon hududiy filiallarida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish” mavzusida tashkil etilgan seminarlarda xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng mavzu doirasidagi so‘nggi qonunchilik talablari bilan tanishtirish borasida keng ma’lumotlar berildi. Xususan, institutda o‘tkazilgan tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat […]

Oʻlchashlar natijalarini xalqaro tan olinishi yoʻlida…

 Kecha Rosstandart vakillari Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida boʻlib milliy etalonlar bazasi, sinov va kalibrlash laboratoriyalari va ularning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shundan soʻng ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida ayrim laboratoriyalarni modernizatsiya qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, xodimlarni malakasi va koʻnikmalarini Rosstandart metrologiya institutlari laboratoriyalarida oshirish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, sohaga doir ilmiy izlanishlar […]

Kalibrlash bo‘yicha ko‘rgazmali texnik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining kalibrlash laboratoriyasi mutaxassislari kichik hajmli o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha texnik mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Trening Germaniya federal fizika-texnika instituti (PTB)ning loyihasi va to‘liq moliyaviy ko‘magi asosida Gruziya metrologiya institutida (GeoSTM) texnik bazasida o‘tkazilmoqda. Mazkur ko‘rgazmali mashg‘ulotni Portugaliya metrologiya instituti (IPQ) kichik hajmli o‘lchashlar sohasida etakchi mutaxassis Elza Batista olib bormoqda. Mashg‘ulotlarda […]

Institutda nostandart geometrik uskunalar ham qiyoslanmoqda

Bu yo‘nalishda mana bir necha yildirki O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlari aniq o‘lchashlar olib borishmoqda. Nostandart geometrik kattaliklarni Shvetsiyada ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi Bo‘g‘imli qo‘l koordinatalarini o‘lchash mashinasida metrologik qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazishmoqda. Bunda ikki xilda, qo‘l boshqaruvi orqali turli nuqtalarni belgilash hamda qo‘l boshqaruvi orqali lazer nuri yordamida 3D skanerlash bilan aniq o‘lchashlar amalga […]

Huquqiy mavzuda tadbirlar o‘tkazildi

      O‘zbekiston milliy metrologiya instituti filiallarida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy mavzudagi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlarga ma’naviyat targ‘ibotchilari, huquqshunostlar, Oliy ta’lim muassasalari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari taklif etilmoqda. Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm va Chirchiq filiallarida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi tadbirlarda Prezidentimizning 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va […]

Yosh metrologlarning keng qamrovli uchrashuvi tashkil etildi

Bugun Toshkent vaqti bilan ertalab soat 8-00 da Osiyo Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) yosh metrologlarining keng qamrovli uchrashuvi onlayn tarzda tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi yosh metrologlarni tanishtirish, salohiyatini namoyon etish, bir-birini yaxshiroq bilish, xalqaro doirada o‘zaro hamkorlik qilish va aloqalarni o‘rnatishni shakllantirishdir. Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) Vision 2050+ ( https: form.jotform.com) […]

Ko‘rgazmali texnik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

  O‘zbekiston milliy metrologiya institutida soha mutaxassislarini kasbiy va texnik bilimlarini oshirib borish hamda ularning ko‘nikmalarini muntazam ravishda takomillashtirish, xalqaro talablarga muvofiq yangilab borishga doimiy e’tibor qaratib kelinadi. Institutning bo‘limlar va viloyatlardagi hududiy filiallarida malakali metrolog mutaxassislar ishtirokida “ustoz shogird” usulida amaliy tajribalar almashish doimiy tarzda olib borilmoqda. Kuni kecha harorat va elektr kattaliklarini o‘lchash […]

Fotolavha

   Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida yaqinda ishga tushirilgan Kinematik qovushqoqlik birligi milliy etalonida aniq oʻlchashlar amalga oshirilmoqda.

Huquqiy mavzuda seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Samarqand filialida “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” mavzusida huquqiy savodxonlik tadbiri o‘tkazildi. Seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirga Samarqand viloyati yuridik texnikumining “Maxsus fanlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi, 3-darajali yurist Munir Ravshanov taklif etildi. Yig‘ilganlarga huquqshunost Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati mavzusiga doir ma’ruza o‘qidi. Seminarda Qonunning qabul qilishidan ko‘zlangan maqsad, uning jamiyatimizda tutgan […]