Aniq vaqt

14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

  Shu kunlarda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va uning filiallarida xassos shoir va buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlab tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida oʻtkazilgan tadbirda Andijon filiali xodimlari ham ishtirok etishdi. Unda taʼlim muassasalaridan oʻqituvchilar, faollar, yoshlar qatnashib sahna koʻrinishlari koʻrsatilib, shoir gʻazallari asosidagi qoʻshiqlar kuylandi. Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Bobur haykalining poyiga gulchambarlar qoʻyilib, hurmat bajo keltirildi.
Namangan filiali xodimlari ham Namangan shaharidagi Nodirabegim kutubxonasida buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi va mohir sarkarda, chinakam inson sifatida alohida oʻringa ega boʻlgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavallud kuni arafasida uning kitoblari bilan yaqindan tanishdilar.
Bekobod filialida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar, g‘azallaridan namunalar o‘qib eshittirildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil