O’zbekiston milliy metrologiya institutida korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borilmoqda. Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi tomonidan korrrupsiyani oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari (“e-metrologiya” axborot dasturi, telefon, rasmiy veb sayt, “Telegram”, “YouTube”, “Facebook” “Instagram”) yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorati xizmati tomonidan birgina 2023 yilda 465 tadan ortiq hamkor korxona va tashkilotlarga telefon orqali qayta aloqaga chiqilgan holda institut tomonidan bajarilgan ishlardan qoniqqanlik, faoliyatga nisbatan munosabat, taklif va e’tirozlar o‘rganilidi. Yil davomida institut va uning 16 ta filialida anonim so‘rovnomalar o‘tkazib turildi.
O‘tgan bir yil davomida 240 nafar mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha onlayn tarzda o‘qitilib malaka oshirildi va sertifikatga ega bo‘lishdi.
Shu kunlarda instituti va uning 16 ta filialida joriy etilgan ISO 37001 xalqaro standarti bo‘yicha Turkiyaning QACS International Pvt Ltd tashkiloti tomonidan audit o‘tkazilidi. Audit natijalari ijobiy baholanib, tasdiqlovchi guvohnoma taqdim qilindi.