Ishlab chiqarish integratsiyasi taʼlim va fan bilan uygʻunlashadi

Bugun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Oʻquv va amaliyot” markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Agentlik Bosh direktori Akmal Jumanazarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, , Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov va manfaatdor idoralar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur markaz standartlashtirish, […]
Institut va uning filialarida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlaridan fotojamlanma.
KOOMETning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 5-6-mart kunlari Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Uzunlik va burchak” 1.5 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi. Texnik qo’mita yig’ilishida 2023-2024-yillarda texnik qo’mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar […]
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni!
O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari tomonidan monografiya chop etildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari va Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktorontlari tomonidan “Tibbiyot o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi” nomli monografiya chop etildi. Monografiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” nashriyoti tomonidan chop etildi. Monografiyada tibbiyot sohasida o‘lchash vositalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot metrologiyasini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikada […]
Navbatdagi xalqaro e’tirof

Mashaqqatli va professional jamoaviy ish natijasida joriy yilning 1 martdan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (05-bo‘lim) Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasi (keyingi o‘rinlarda – UzNIM SSDL deb yuritiladi) IAEA/WHO SSDL Network to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun: IAEA/WHO SSDL Network – Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) […]
Qirg’izistonda texnik trening o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda institutning o‘lchashlar va kalibrlash xizmati markazi mutaxassislari Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML)ning R 111 hujjatiga asosan tarozi toshlarini kalibrlash bo‘yicha texnik treningda qatnashishmoqda. Mazkur trening Qirg’iziston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya markazi laboratoriyalarida tashkil etilgan. Bugun o‘z nihoyasiga yetadigan xalqaro trening Germaniya fizika-texnika instituti (PTB) loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Fotolavha

Institutning “Harorat kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi”dagi harorat va namlikni o‘lchash vositalarini kalibrlash jarayonidan fotolavha
Xalqaro onlayn seminar o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) va Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) tomonidan “CIPM 2030+ strategiyasi”ni innovatsion g‘oyalar bilan to‘ldirishga qaratilgan seminar o‘tkazilmoqda Xalqaro onlayn seminarda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bir qator mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Institut xodimi xalqaro loyihada murabbiy sifatida qatnashishmoqda

Kecha Germaniya federal fizika-texnika instituti (PTB)ning “Xalqaro hamkorlikda raqamli transformatsiya uchun metrologiya” – M4DT-IC nomli yangi, dolzarb loyihasini amalga oshirishni birinchi kuni o‘tdi. Loyihani maqsadi, ishtirokchilar M4DT bo‘yicha milliy loyihasini o‘z mas’uliyati ostida, murabbiylar va texnik qo‘mita hamrohligida amalga oshiradilar. Onlayn va yuzma-yuz seminarlarda barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlik va bilimlar birgalikda rivojlantiriladi. Ilg‘or tajribalar, muammolar […]