Bugun Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi-video konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

KOOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan KOOMET 1.9 texnik qoʻmita a’zosi va ionlashtiruvchi nurlanishlar laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yigʻilish kun tartibiga asosan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan KOOMET va boshqa mintaqaviy metrologiya tashkilotlari (GULFMET va APMP) doirasida amaldagi solishtirishlar boʻyicha loyihalar yuzasidan ma’lumot ва 2022,23 – yillar mobaynida ionlashtiruvchi nurlanishlar laboratoriyasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot қилинdi.
Ma’lumot oʻrnida KOOMET TQ 1.9 doirasida Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB) da roʻyxatga olish SOOMET RI (II)-S3 (https://www.bipm.org/kcdb/comparison?id=1701) solishtirishlarga ishtirokchi sifatida O‘zbekiston metrologiya instituti qoʻshildi.
Shuningdek, yig‘ilishda KOOMET TQ 1.9 ning “Dozimetriya” yoʻnalishi koordinatori sifatida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Azamat Taubaldiyev nomzodi TQ a’zolari tomonidan tavsiya etildi.