O‘zbekiston milliy metrologiya institutining “O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish” laboratoriyasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish xizmati qayta yo‘lga qo‘yildi:
– Elektr izolyatsiya mustaҳkamligini sinash,
– Elektr izolyatsiya xavfsizligini o‘lchash,
– Elektr iste’moli quvvatini o‘lchash,
– Gabarit o‘lchamlarni o‘lchash,
– Og‘irlik ko‘rsatgichlarini o‘lchash.

Bundan tashqari, mijozlarga qulay sharoit yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, ularning vaqtlarini tejash maqsadida yangi konsalting xizmati ham ishga tushirildi.
Ushbu xizmat, institut tomonidan sinovdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan o‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarni akkreditlangan boshqa laboratoriyada sinash ishlari ilovada keltirilgan narxlar ro‘yxatiga asosan amalga oshirilib beriladi.
Endilikda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mijozlari har qanday turdagi sinovlarni shu yerning o‘zida o‘tkazish imkoniga egalar.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar 712020011 (ichki 1215) telefon raqami orqali beriladi.
Yangi maqolalar
Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
04.03.2026
18:24
Malakani tekshirish dasturlarida ishtirok etish uchun taklif
04.03.2026
17:28
Korruptsiyaga qarshi kurash
Biz korruptsiyaga qarshimiz
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil