Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

DIQQAT E’LON!!!

Rossiyaning Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasidagi metrologiya bo‘yicha hamkorligi doirasida 2024-yilda Rosstandart tizim tashkilotlari bazasida O‘zMMI mutaxassislarini qisqa muddatli o‘qitish rejalashtirilgan.
Da’vogarlar uchun asosiy talablar quyidagilardir: bakalavrdan past bo‘lmagan ta’lim darajasiga ega bo‘lish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasi mavjudligi, o‘qish uchun yetarli darajada rus tilini bilish, shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalarni kelgusi faoliyatida qo‘llash chora-tadbirlar rejasi bilan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha batafsil o‘qish dasturi mavjudligi.
Rosstandart tizim tashkilotlari bazasida o‘qish (stajirovka)ga qiziqish bildirgan yosh olimlar 2024-yil 1-martga qadar O‘zMMI Ilmiy innovatsion rivojlantirish bo‘limi (17-bo‘lim)ga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishini so‘raymiz.
Tashkiliy bo‘lim /// +998 (97) 746-70-88; +998 (99) 880-28-43. Ushbu mobil raqamlarda Telegram mavjud.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil