Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkilotining Metrologiya kengashi (SMIIC MC (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities))ning 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🔄Yig‘ilish davomida metrologiya laboratoriyalarining ilmiy salohiyatini kengaytirish va sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borish, xodimlar malakasini oshirish hamda halol sertifikatlashtirishda metrologiyaning ishtiroki kabi mavzularda muhokamalar olib borilmoqda. ⚡️Uchrashuv kun tartibiga muvofiq O‘zbekiston milliy metrologiya institut vakillari tomonidan quyidagi taqdimotlar olib borildi va ishtirokchilardan ijobiy fikrlar olindi: ✅O‘zMMI tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi bir yillik […]

Elektromobillar infratuzilmasida metrologik nazoratni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro hamkorlikda yangi loyiha boshladi

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda MAXtin Global Co. Ltd kompaniyasining bosh ilmiy tadqiqotchisi Sangwoon Lee, Smart Safety Laboratory kompaniyasi bosh direktori Chan Lim Park hamda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligining mutaxassisi F. Qudratov ishtirok etdilar. ✅ Uchrashuv davomida tomonlar metrologiya sohasida, xususan, elektromobillarni quvvatlantirish […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti rahbari BIPMda o‘tkazilgan xalqaro yig‘ilishda ma’ruza qildi

⭐️ 2025-yil 16–17 oktabr kunlari Fransiyaning Sevr shahrining Xalqaro oʻlchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) qarorgohida Milliy metrologiya institutlari direktorlarining va a’zo davlatlar vakillarining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 120 dan ortiq davlatlardan milliy metrologiya institutlari rahbarlari, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. ⭐️ Ushbu yig‘ilishda bu yilgi e’tiborga molik jihat shundaki, Oʻzbekiston milliy metrologiya […]

Jonajon o’zbek tilim

📖 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlangan “Jonajon o‘zbek tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Metrologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk Sharq allomalari” (I–II qism) kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✅ Tadbirda agentlik hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari, falsafa fanlari doktori, professor […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimi xalqaro ko‘rgazma va seminarda ishtirok etmoqda

📢 Joriy yilning 16-17-oktabr kunlari akustika sohasidagi o‘lchash vositalari ishlab chiqaruvchi Xitoyning yetakchi kompayasi “Crysound” yangi turdagi o‘lchash vositalari ko‘rgazmasi hamda soha ekspertlari, professorlar ishtirokida seminar va davra suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda. ⭐️ Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) akustika laboratoriyasi xodimi ham ishtirok etmoqda. ✔️ Ko‘rgazmada “Crysound” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi akustik […]

«Yong‘inga qarshi ogohlik” oyligi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi

🚨 O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkazilayotgan umumxalq “Yong‘inga qarshi ogohlik” oyligi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institut xodimlari va Olmazor tumani Favqulodda Vaziyatlar bo‘limi (FVV) vakillari ishtirokida texnik vositalar yordamida ko‘rgazmali amaliy yong‘inga qarshi o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🔥Seminar davomida xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda tushuntirishlar berildi: ✅Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar; ✅Elektr jihozlaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari; ✅ […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti “InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida

⭐️ Poytaxtda “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tkazilayotgan “InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi o‘z ishini boshladi. “InnoWeek–2025” — mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib, fan, ta’lim va biznes o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish uchun samarali platforma hisoblanadi. Ushbu nufuzli xalqaro haftalikda ilk bor O‘zbekiston texnik […]

KOOMETning 29-xalqaro TQ 1.6 yig‘ilishida O‘zbekiston vakili yangi yo‘nalishda faoliyat boshladi

✅ Qirg‘izstandartda (https://www.nism.gov.kg/) tashkil etilgan KOOMET tashkiloti huzuridagi TQ 1.6 “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda metrologiya sohasidagi yetakchi xalqaro mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/) vakillari ishtirok etdi. ✅ Yig‘ilishda massa o‘lchovlari, xalqaro solishtirishlar, etalonlar tizimini takomillashtirish hamda KOOMET doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. […]

COOMET TK 1.3 “Elektr va magnetizm”ning 19-yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda

✅ Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor 2025-yil 7–9-oktabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tomonidan COOMETning TK 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. ✅ Mazkur xalqaro tadbirda COOMETga a’zo davlatlar — Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston Respublikasi, Armaniston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari, Xitoy Xalq Respublikasidan TUNKIA kompaniyasi vakillari, […]

Ilm va tajriba fidoyilari – ustozlarga ehtirom

🎉1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga ko‘p yillarini bag‘ishlab, yosh avlodni bilim va tajribasi bilan tarbiyalab kelayotgan ustoz va murabbiylar, shuningdek, agentlik va tizim tashkilotlari rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Agentlik direktori o‘rinbosari Odil Tohirov barcha fidoyi xodimlarni […]