O‘zbekiston va Rossiya: Metrologiya sohasida hamkorlik yangi bosqichda

✅Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart (https://www.gost.ru/portal/eng/home)) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✍️Uchrashuvda hamkorlikda metrologiya, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. 📈Jumladan, metrologiya sohasida Davlat […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 39 – etalon ishga tushirilmoqda.

✅ O’zbekiston milliy metrologiya institutiga Suyuqlik zichligi birligi etaloni o’rnatildi hamda ishga tushurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu etalon suyuqlik zichligini o’lchash bo’yicha metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash va zichlik parametrlari orqali milliy va xalqaro manfaatdor tomonlarga birlamchi darajadagi kalibrlash xizmatlarini tarqatishdir. Shuningdek, zichlik o’lchovlarining xalqaro miqyosda tan olinishiga olib keladi va mintaqaviy, xalqaro miqyosda o’zaro ishonch hamda […]
Navbatdagi CMC-qator ro‘yxatga olindi
❗️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlari Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. ⚡️ Mazkur CMC-qator BIPM Vaqt va chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy […]
“COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi yakunlandi

🔄2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET (https://coomet.info/)) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi. 🌍Tanlovda jami 5 ta mamlakatdan 16 nafar nomzodlar Belarus (1), Ozarbayjon (2), Qozog‘iston (2), Rossiya (5), O‘zbekiston (5) ishtirok etdi. Ishtirokchilarning ingliz va rus tillarida taqdim etilgan ilmiy va amaliy […]
O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

🔄O’zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L.Saidoripov Belarus Respublikasi davlat metrologiya instituti (https://belgim.by/)direktor o’rinbosari Yu.Kozak bilan uchrashuv o’tkazdi. 📍2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi doirasida o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi. ✍️Jumladan, 2025-yilda imzolangan ikkita davlat milliy metrologiya […]
O‘zbekistonda “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanloviga start berildi

🔄2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET (https://coomet.info/)) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tadbirni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va COOMET TQ 4 “Axborot va ta’lim” texnik qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. ✅Tanlovning asosiy maqsadi — yosh […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili BIPMning ionlovchi nurlanishlar bo‘yicha xalqaro seminarida ishtirok etdi

🌎 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (http://nim.uz/ru) mutaxassisi 2025-yilning 5-6-noyabr kunlari Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM, Sevr, Fransiya) (https://www.bipm.org/en/) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Ionlovchi nurlanish bo‘yicha Maslahat Qo‘mitasi (CCRI) ning xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbirlar radionuklidlar metrologiyasining kelajagi, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanishlar metrologiyasining rivojlanish tarixi va istiqbollariga bag‘ishlandi. ✍️ Dastur doirasida 2025-yil 6-noyabrda O‘zMMI mutaxassisi Azamat […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 38-chi etalon ishga tushirilmoqda

🔄O’zbekiston milliy metrologiya institutiga Elektr va magnit maydonlari kuchlanganligini oʻlchash etaloni keltirildi. Mazkur etalon yordamida magnitometr va bir komponentlik magnit induksiyasi, teslametr solenoid jamlanmalarini metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Bu mamlakatimizda o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini yanada mustahkamlashga hamda xalqaro solishtirishlarda ishtirok etishga xizmat qiladi.
Yangi etalonlar ishga tushirilmoqda: aniqlik va ishonchlilik sari

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov davlat dasturi doirasida O’zbekiston milliy metrologiya instituti (O’zMMI) da joriy etilgan yangi etalonlar va ular uchun yaratilgan maxsus infratuzilma bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu etalonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida etalonlarni ishga tushirishda ishtirok etgan xorijiy ekspertlar bilan ham fikr almashildi. Hozirda […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 37-etalonni ishga tushirish jarayoni

✅Mazkur etalon yordamida namlik va shudring nuqtasini o‘lchash vositalarining metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Bu mamlakatimizda o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini yanada mustahkamlashga hamda xalqaro solishtirishlarda ishtirok etishga xizmat qiladi.