![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
✅ Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor 2025-yil 7–9-oktabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tomonidan COOMETning TK 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Mazkur xalqaro tadbirda COOMETga a’zo davlatlar — Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston Respublikasi, Armaniston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari, Xitoy Xalq Respublikasidan TUNKIA kompaniyasi vakillari, shuningdek, texnik qo‘mita a’zolari ishtirok etmoqda.
✅ Tadbir onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda COOMET kotibiyati hamda boshqa xalqaro metrologiya tashkilotlari vakillari ham qatnashmoqda.
✅ Yig‘ilishga TK 1.3 raisi, BelGIM instituti vakili Marina Yarmolovich raislik qilmoqda.
✅ Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama etilmoqda:
🟤 COOMET qo‘mitasi va Prezident kengashi qarorlari hamda ularning ijrosi;
🔴 etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitaning (OKÉ) 28–29-yig‘ilishlari yakunlari;
🟢 elektr kattaliklar sohasidagi xalqaro va mintaqaviy solishtirishlarning borishi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan taklif etilayotgan yangi solishtirish loyihalari;
🟡 COOMET P6/2023 dasturi doirasidagi “SI asosiy birliklarini qayta ta’riflash” bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi;
🩷 TK 1.3 faoliyatining 2024–2025-yillardagi natijalari va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar.
![]() |
![]() |
✅ Yig‘ilish davomida Rossiya, Belarus, Gruziya, Turkiya va O‘zbekiston milliy etalonlari ishtirokida o‘tkazilayotgan hamda rejalashtirilayotgan bir qator solishtirishlar — xususan, Jozefson effekti bo‘yicha kuchlanish etalonlari, Xoll effekti bo‘yicha qarshilik etalonlari, shuningdek, yuqori kuchlanish va katta tok o‘lchov tizimlari sohasidagi qiyoslamalar muhokama qilinmoqda.
✅ Shuningdek, CIPM MRA kelishuvi doirasidagi faoliyat, SMS (Calibration and Measurement Capabilities) bo‘yicha ekspertlar ro‘yxatini yangilash, CEEMS mamlakatlariga ko‘mak dasturlari va elektron o‘quv platformalarini yaratish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Yig‘ilish COOMETga a’zo mamlakatlar o‘rtasida elektr va magnet o‘lchashlar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qiyoslamalarni tashkil etish va ilmiy-amaliy tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.





