![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🎉1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga ko‘p yillarini bag‘ishlab, yosh avlodni bilim va tajribasi bilan tarbiyalab kelayotgan ustoz va murabbiylar, shuningdek, agentlik va tizim tashkilotlari rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Agentlik direktori o‘rinbosari Odil Tohirov barcha fidoyi xodimlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ustozlarning yuksak mahorati, chuqur bilim va tajribasi, ezgu insoniy fazilatlari jamiyat kelajagini yorituvchi bebaho xazina ekanini ta’kidladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔄 Shuningdek, ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati va yosh avlodga mehr bilan yondashuvi uchun ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu jumladan, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/ru)bir qator fidoyi ustoz va murabbiylari ham taqdirlandilar.
🔺Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, iliq samimiyat va minnatdorlik ruhida o‘tdi.
✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, bardavom muvaffaqiyatlar va kelajak avlodni tarbiyalashdek sharafli faoliyatlarida kuch-quvvat tilaydi.







