Aniq vaqt

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkilotining Metrologiya kengashi (SMIIC MC (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities))ning 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🔄Yig‘ilish davomida metrologiya laboratoriyalarining ilmiy salohiyatini kengaytirish va sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borish, xodimlar malakasini oshirish hamda halol sertifikatlashtirishda metrologiyaning ishtiroki kabi mavzularda muhokamalar olib borilmoqda.

⚡️Uchrashuv kun tartibiga muvofiq O‘zbekiston milliy metrologiya institut vakillari tomonidan quyidagi taqdimotlar olib borildi va ishtirokchilardan ijobiy fikrlar olindi:

✅O‘zMMI tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi bir yillik faoliyat;

✅Tebranish sohasida o‘lchashlar texnikasi va noaniqliklarni baholash.

✍️Ma’lumot uchun: SMIIC R&D dasturi doirasida O‘zMMI tomonidan taqdim etilgan 2 ta ilmiy loyiha baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib moliyalashtirishga tavsiya etilgan.

✅Shuningdek, O‘zMMI SMIIC tibbiyot metrologiyasi ishchi guruhi (WGMM) va SMIIC MCning 2023–2027 yillar uchun ishchi rejasini ishlab chiqish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhlarda O‘zMMI eksperti ishtirokchi sifatida qatnashib kelmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil