![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📢 Joriy yilning 16-17-oktabr kunlari akustika sohasidagi o‘lchash vositalari ishlab chiqaruvchi Xitoyning yetakchi kompayasi “Crysound” yangi turdagi o‘lchash vositalari ko‘rgazmasi hamda soha ekspertlari, professorlar ishtirokida seminar va davra suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.
⭐️ Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) akustika laboratoriyasi xodimi ham ishtirok etmoqda.
✔️ Ko‘rgazmada “Crysound” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi akustik analizatorlar, ishchi etalon mikrofonlar, akustik kalibratorlar namoyish etiladi.
⚡️ Seminar va davra suhbatlarda akustik o‘lchashlar bo‘yicha ekspertlar nutqlari tinglanmoqda va muhim masalalar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika laboratoriyasini rivojlantirish bo‘yicha muhim savollar muhokama qilinmoqda.




