Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

«Yong‘inga qarshi ogohlik” oyligi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi

🚨 O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkazilayotgan umumxalq “Yong‘inga qarshi ogohlik” oyligi doirasida
O‘zbekiston milliy metrologiya institut xodimlari va Olmazor tumani Favqulodda Vaziyatlar bo‘limi (FVV) vakillari ishtirokida texnik vositalar yordamida ko‘rgazmali amaliy yong‘inga qarshi o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔥Seminar davomida xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda tushuntirishlar berildi:

✅Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar;
✅Elektr jihozlaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari;
✅ Yong‘in sodir bo‘lganda ko‘riladigan choralar (evakuatsiya, tezkor xabar berish, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish);
✅ Yong‘inga qarshi jihozlar (o‘t o‘chirgich, suv quvurlari, signalizatsiya) bilan tanishuv va ulardan foydalanish tartibi;
✅ Amaliy mashg‘ulot — evakuatsiya harakati va o‘t o‘chirgichlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🔥Ushbu seminar xodimlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil