PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI!

Toshkent davlat transport universitetining Metrologiya va standartlashtirish ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabalari hamda Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti laboratoriyalarida amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Ushbu amaliy mashg‘ulotlardan maqsad talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy o‘lchash uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda metrologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar […]

Osiyo xotin-qizlari forumi: tajriba almashuv va yangi yondashuvlar maydoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi taklifi asosda ilk bor 2024 yil 13-14 may kunlari Samarqandda “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur nufuzli anjumanning ikkinchi kunida ishtirokchilar o‘zaro tajribalar bilan o‘rtoqlashish, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning […]

O‘zbekiston milliy metrologiya Institutida o‘lchash vositalarini kalibrlash — aniqlik va sifat kafolati

Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligi hamda mahsulot xavfsizligini ta’minlashda metrologik nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining nisbiy namlik kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasida termogigrometrlar va namlik o‘lchagichlarni kalibrlash ishlari zamonaviy texnologik asosda amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘lchash vositalari tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish, logistika hamda omborxona tizimlarida mikroiqlim va materiallar namligini […]

Osiyo ayollari ovozi: gender tenglik sari yangi qadam

2026-yil aprel–may oylarida Osiyo davlatlari o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan 2-Osiyo xotin-qizlari xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu nufuzli anjuman mintaqada gender siyosati, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha muhim xalqaro muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda. Forumni tashkil etish va […]

Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida “Standartlar – sifat va ishonch kafolati” mavzusida yoshlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirning asosiy maqsadi metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati tizimlarining ahamiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish hamda ularning ushbu sohaga qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax filiali mutaxassisi S.Ikromova va O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Jizzax filiali mutaxassisi J.Aliqulov so‘zga chiqib, standartlarning sifatni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 16-sonli umumta’lim […]

Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida davra suhbati bo’lib o’tdi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mezbonligida Germaniya Federal Fizika-Texnika Instituti (PTB) vakillari, respublika metrologiya xizmatlari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishdagi metrologiyaning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologik laboratoriyalarni akkreditatsiyalash va avtorizatsiyalash masalalari, shuningdek xalqaro kalibrlash va verifikatsiya tizimi yuzasidan ma’ruza va savol-javoblar o‘tkazildi. […]

Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov hamda Von Do Yong o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Elchi Von Do Yong O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi. Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va […]

Malakani tekshirish dasturlarida ishtirok etish uchun taklif

O‘zMMI provayderi kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriyalararo solishtirishlar orqali malakani tekshirish dasturlarida ishtirok etishga taklif etadi: • PT-1-2016 (V/S) — F2 sinfidagi toshlar • PT-2-2016 (V/S) — Laboratoriya tarozilari • PT-6-2016 (V/S) — Ko‘rsatuvchi manometrlar • PT-11-2021 (V/S) — O‘zgaruvchan tok voltmetrlari Laboratoriyalararo solishtirishlar orqali malakani tekshirish laboratoriya kompetentligini tasdiqlash va akkreditatsiya […]

Ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish va tijoratlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15 avgustdagi 26/1-709-sonli topshirig‘iga muvofiq, tajriba va ilmiy tadqiqotlar asosida yaratilgan ishlanmalarni sanoatga keng joriy etish, ularni tijoratlashtirish, shuningdek etalonlar hamda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish va mahalliylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar haqida agentlikning 2026-yil […]

O‘zbekiston va Germaniya: Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yangi qadamlar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Germaniya Federal fizika-texnika instituti (RTV) vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlar kengashining 9-yig‘ilishi doirasida imzolangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Muzokaralar […]